Analitika

Gʻarb Rossiyaga qarshi sanktsiyalar bilan oʻzini oʻzi jazoladi - Xitoy iqtisodchilari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishRabochiye v Moskve
Rabochiye v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hech bir davlat yoki davlatlar guruhi Rossiya nefti va gazining oʻrnini toʻldira olmaydi. Bugʻdoy va oʻgʻit yetishmovchiligi esa - butun dunyoda oziq-ovqat taqchilligiga olib kelishi mumkin.
TOSHKENT, 20 apr – Sputnik. Hozir Rossiyaga qarshi rekord darajada sanktsiyalar kiritilgan, lekin hukumat tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar mamlakatning sanktsiyalar bosimiga dosh bera olishini namoyish qilmoqda.Lekin boshqa davlatlar haqida bunday deb boʻlmaydi, deb yozmoqda Xitoyning telekanali (CGTN).
Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan beri Gʻarb davlatlari Rossiyaga nisbatan misli koʻrilmagan sanktsiyalar, jumladan, banklar, moliya institutlari, yirik davlat korxonalari, amaldorlar va ularning oila aʼzolariga nisbatan cheklovlar joriy qilgan. Sanktsiyalar deyarli 6000 kishi va 900 dan ortiq tashkilotga taalluqli.
Qoʻshma Shtatlar allaqachon Rossiyadan har qanday neft va gaz importiga taqiq qoʻygan va Buyuk Britaniya ham 2022 yil oxirigacha Rossiyaning energiya resurslaridan voz kechishga vaʼda bergan. Nashr eslatishicha, Yevropa Ittifoqi hozir ham xuddi shunday majburiyatni koʻrib chiqmoqda. Rossiyaga qarshi harakatlarga yirik xalqaro kompaniyalar ham qoʻshildi. Ular orasida McDonalds, Sosa-Sola, Starbucks, Microsoft va boshqalar bor. Biroq, bu choralarning barchasi kerakli natijani bermaydi.
“Mamlakatlarning strategik xulq-atvorini oʻzgartirish haqida gap ketganda, sanktsiyalar odatda samarasiz boʻladi, - dedi Sharqiy Xitoy Huquqiy Universitetining siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar professori Jozef Gregori Mahone SGTN telekanaliga bergan intervyusida. Gʻarb Rossiya iqtisodiyotiga zarba berish qanchalik qattiqroq harakat qilsa, bu boshqa mamlakatlarning iqtisodiyoti va xavfsizligida shunchalik koʻp aks etadi.”
Rossiyaning oʻzi, ekspertlar fikriga koʻra, sanktsiyalardan "nisbatan himoyalangan". Gʻarb Rossiyaga nisbatan cheklovlarni 2014 yildayoq boshlagan. Keyin chora-tadbirlar energiya, moliya, ilm-fan, mudofaa va harbiy sanoat kabi muhim tarmoqlarda savdo embargolarini oʻz ichiga oldi.
Bularning oqibatida Rossiya oʻzining "Mir" toʻlov tizimini, qishloq xoʻjaligini rivojlantirdi va koʻplab mahsulotlarni ishlab chiqarishini yoʻlga qoʻydi, Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlar bilan - xususan, Lotin Amerikasi bilan savdo aloqalarini oʻrnatdi.
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi dollar operatsiyalaridan yevro va yuan kabi boshqa valyutalarga oʻtdi. Bu Moskvaga hozirgi misli koʻrilmagan sanktsiyalar bosimiga dosh berishga imkon beradi.

“Rossiya neftiga qarshi kritilgan sanktsiyalar esa, ushbu sanktsiyalarni kiritgan tomonning oʻziga qarshi hamda transport, banklar, chakana savdo va tanker kompaniyalari kabi boshqa soha vakillariga qarshi sanktsiyalarga aylandi”, dedi nashrga bergan intervyusida Hang Seng Bank China bosh iqtisodchisi Dan Vang.

Rossiyaning javob sanktsiyalari esa Gʻarb uchun vaziyatni yanada ogʻirlashtirmoqda: 200 dan ortiq turdagi tovarlarni eksport qilishga moratoriy, milliy valyutadagi tashqi qarzga xizmat koʻrsatish, kapital oqimini cheklash, Gʻarb kompaniyalarining mulkini milliylashtirish ehtimoli Rossiya bozori, shuningdek, transport va logistika taqiqlari.
Bularning barchasi global energiya resurslarining tanqisligiga va neft mahsulotlari narxining keskin oshishiga olib keldi. "Jahon bozorida Rossiya neft xomashyosi taqchilligi kuzatilmoqda, hech bir mamlakat yoki hech bir davlatlar guruhi ushbu tanqislikni qoplay olmaydi", - deb taʼkidladi Van.
Neft eksportchilari tashkiloti (OPEK) ham yaqinda Rossiya neft yetkazib berishni toʻxtatsa eng kuchli neft inqirozi sodir boʻlishi va hech bir yetkazib beruvchi buni qoplay olmasligi haqida ogohlantirgan edi. AQSH inflyatsiyasining yarmiga neft narxi oshishiga toʻgʻri keldi, dedi Vang.
Neftdan tashqari, Gʻarb davlatlari oʻzlarini oziq-ovqat tanqisligi bilan jazoladilar, chunki Rossiya jahon bozorida eng yirik bugʻdoy yetkazib beruvchi hisoblanadi. Bundan tashqari, Rossiya oʻgʻitlarning asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Binobarin, sanktsiyalar qishloq xoʻjaligi mamlakatlarida gʻalla hosildorligining keskin pasayishi bilan bogʻliq boʻlgan kumulyativ taʼsirga ega boʻladi, dedi iqtisodchi.
Yangiliklar lentasi
0