https://oz.sputniknews-uz.com/20220420/yoqolgan-ashyolarni-endi-dxmdan-topish-mumkin-24108991.html
Yoʻqolgan ashyolarni bundan buyon DXMdan topish mumkin
Yoʻqolgan ashyolarni bundan buyon DXMdan topish mumkin
Fuqaro topilmani olishni rad etsa, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi uni E-auksion savdo maydonchasida auktsionga quyadi va sotadi. 20.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-20T19:16+0500
2022-04-20T19:16+0500
2022-04-21T09:36+0500
jamiyat
davlat xizmatlari agentligi (dxa)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/0a/19195161_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_d8aab97dcc2ff09d68201ce0eed442a0.jpg
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Davlat xizmatlari markazlarida “yoʻqolgan ashyolarni topshirish, saqlash va uni qidirish” xizmati ishga tushirildi. Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara Oʻrinboyevaning Sputnik muxbiriga xabar berishicha, topilmalarni DXMga topshirish tartibi belgilandi.Endilikda yoʻqolgan buyumni topib olgan shaxs uni istalgan DXMga olib keladi. Markaz xodimi topib olingan buyum xaqida soʻrov toʻldiradi. “Topilmalar”axborot tizimida roʻyxatga oladi va reyestrga kiritadi.Agar fuqaro topilmani olishni rad etsa, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi uni E-auksion savdo maydonchasida auktsionga quyadi va sotadi.Maʼlumot uchun, Hukumatning 28-sonli qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyati tugatildi. Bu xizmat endi davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatilmoqda. Yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berilganligi uchun BHMning 5 foizi (13 500 soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda miqdor 10 800 soʻmni tashkil etadi.Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan berilganda, toʻlov BHMning 2 foizi (5 400 soʻm) miqdorida undiriladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/0a/19195161_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_d9a5f0711eaf3a920cbbc75424134c1d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
davlat xizmatlari agentligi (dxa)
Yoʻqolgan ashyolarni bundan buyon DXMdan topish mumkin
19:16 20.04.2022 (yangilandi: 09:36 21.04.2022) Fuqaro topilmani olishni rad etsa, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi uni E-auksion savdo maydonchasida auktsionga quyadi va sotadi.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Davlat xizmatlari markazlarida “yoʻqolgan ashyolarni topshirish, saqlash va uni qidirish” xizmati ishga tushirildi. Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara Oʻrinboyevaning Sputnik muxbiriga xabar berishicha, topilmalarni DXMga topshirish tartibi belgilandi.
Endilikda yoʻqolgan buyumni topib olgan shaxs uni istalgan DXMga olib keladi. Markaz xodimi topib olingan buyum xaqida soʻrov toʻldiradi. “Topilmalar”axborot tizimida roʻyxatga oladi va reyestrga kiritadi.
“Deylik telefon topib olindi. Topib olingan buyum seyf yoki maxsus jihozlangan xonada 6 oy davomida saqlanadi. Shu vaqt davomida telefon egasi aniqlansa, telefon egasiga sms xabarnoma yuboriladi. Agarda 6 oy ichida topilmaning egasi aniqlanmasa, u holda buyumga nisbatan mulk huquqi uni topib olgan fuqaroga taklif qilinadi”, deydi Sevara Oʻrinboyeva.
Agar fuqaro topilmani olishni rad etsa, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi uni E-auksion savdo maydonchasida auktsionga quyadi va sotadi.
Maʼlumot uchun, Hukumatning 28-sonli qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyati tugatildi. Bu xizmat endi davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatilmoqda. Yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berilganligi uchun BHMning 5 foizi (13 500 soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda miqdor 10 800 soʻmni tashkil etadi.
Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan berilganda, toʻlov BHMning 2 foizi (5 400 soʻm) miqdorida
undiriladi.