https://sputniknews-uz.com/20220421/bu-yil-qaysi-sinf-oquvchilari-imtihon-topshirmaydi-24127183.html
Bu yil qaysi sinf oʻquvchilari imtihon topshirmaydi
Bu yil qaysi sinf oʻquvchilari imtihon topshirmaydi
9 va 11 sinf bitiruvchilari qator fanlardan yakuniy nazorat imtihonlarini topshiradilar. 21.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-21T16:18+0500
2022-04-21T16:18+0500
2022-04-21T16:18+0500
jamiyat
imtihon
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/07/10/14551332_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_19ef7b5ff3f17f12f673f58cbdc399c7.jpg
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. 2021/2022 oʻquv yili yakunida 5-6-7-8 va 10-sinflarning bosqichli imtihonlari oʻtkazilmaydi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda XTV axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova maʼlum qildi.Xabarda aytilishicha, maktablardagi darslar 25 may kuni tugaydi va 9- va 11-sinf bitiruvchilari yakuniy nazorat imtihonlarini 26 maydan 15 iyunga qadar topshirishadi.Shuningdek, bayram munosabati bilan qoʻshimcha dam olish kunlarini inobatga olgan holda 9-sinf oʻquvchilarining “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2-7 maydan 11-14 may kunlariga koʻchiriladi.9 va 11 sinf bitiruvchilari quyidagi fanlardan yakuniy nazorat imtihonlarini topshiradilar:Oʻquvchi oʻzi tanlagan fandan imtihon topshirish uchun bir oy oldin ariza yozadi. Variativ oʻquv rejalari joriy etilgan sinflarda ham huddi shu tartib qoʻllaniladi.Maxsus sertifikati bor (Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat sertifikati, chet tili fani boʻyicha V1 va undan yuqori V2, S1, S2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat) bitiruvchilar imtihonlardan ozod etiladi.Maʼlumot uchun, bu yil maktablarni 390 mingdan ortiq oʻquvchi bitiradi. Avvalroq, ushbu bitiruvchilarning 31 foizi hali ham pasport olmagani maʼlum qilingan edi. XTV ota-onalardan 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilarining oʻz vaqtida pasport (ID-karta) olishini taʼminlashni soʻragan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/07/10/14551332_295:0:3026:2048_1920x0_80_0_0_37c3387ca08e0693156512d21ff00633.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
imtihon
Bu yil qaysi sinf oʻquvchilari imtihon topshirmaydi
9 va 11 sinf bitiruvchilari qator fanlardan yakuniy nazorat imtihonlarini topshiradilar.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. 2021/2022 oʻquv yili yakunida 5-6-7-8 va 10-sinflarning bosqichli imtihonlari oʻtkazilmaydi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda XTV axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova
maʼlum qildi. Xabarda aytilishicha, maktablardagi darslar 25 may kuni tugaydi va 9- va 11-sinf bitiruvchilari yakuniy nazorat imtihonlarini 26 maydan 15 iyunga qadar topshirishadi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan qoʻshimcha dam olish kunlarini inobatga olgan holda 9-sinf oʻquvchilarining “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2-7 maydan 11-14 may kunlariga koʻchiriladi.
9 va 11 sinf bitiruvchilari quyidagi fanlardan yakuniy nazorat imtihonlarini topshiradilar:
9-sinf - ona tili va adabiyot, oʻzbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qoʻshimcha ravishda oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan boʻyicha;
11-sinf - ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qoʻshimcha ravishda oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan boʻyicha.
Oʻquvchi oʻzi tanlagan fandan imtihon topshirish uchun bir oy oldin ariza yozadi. Variativ oʻquv rejalari joriy etilgan sinflarda ham huddi shu tartib qoʻllaniladi.
Maxsus sertifikati bor (Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat sertifikati, chet tili fani boʻyicha V1 va undan yuqori V2, S1, S2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat) bitiruvchilar imtihonlardan ozod etiladi.
Maʼlumot uchun, bu yil maktablarni 390 mingdan ortiq oʻquvchi bitiradi. Avvalroq, ushbu bitiruvchilarning 31 foizi hali ham pasport olmagani maʼlum qilingan edi. XTV ota-onalardan 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilarining oʻz vaqtida pasport (ID-karta) olishini taʼminlashni
soʻragan.