Buxoroda Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikda aviatsiya yoqilg‘isi sinovdan o‘tkazildi

© Foto: “O‘zbekneftgaz” AJBuxoroda Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikda aviatsiya yoqilg‘isi sinovdan o‘tkazildi
Buxoroda Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikda aviatsiya yoqilg‘isi sinovdan o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna bo‘lish
“OR-1626” markali “Decleave” deemulgatori “Djet A-1” aviatsiya yoqilg‘isini ishlab chiqarishda samarador deb topilgan.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Buxoro neftni qayta ishlash zavodida Rossiyaning “XG OSNOVA” kompaniyasining “OR-1626” markali “Decleave” deemulgatorining samaradorligini baholash bo‘yicha tajriba sinovlari o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ xabar bermoqda.
Natijada “Djet A-1” aviatsiya yoqilg‘isini ishlab chiqarishda deemulgatordan foydalanish samarador deb topilgan. Yoqilg‘i sifatini o‘rganish uchun “Djet A-1” yoqilg‘isining sanoat-tajriba partiyasi ishlab chiqarilgan.
“Deemulgatordan foydalangan holda tajriba tariqasida tayyorlangan “Djet A-1” aviatsiya yoqilg‘isi Butunrossiya neftni qayta ishlash ilmiy tadqiqot institutida malaka sinovlaridan o‘tkazildi. Sinov xulosalariga ko‘ra, zavodda deemulgatorni ishga tushirish natijalari ijobiy deb topildi”, - deyiladi xabarda.
13-16 aprel kunlari “MIRRIKO” kompaniyalar guruhining mutaxassislari Nikita Makarov va Ruslan Mirzagayanovlar ushbu tajriba sinovlarini kuzatish uchun Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurishgan.
Ular “ELOU-2” qurilmasiga yetkazib beriladigan neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish maqsadida reagentli ishlov berish, Neft va gaz kondensati aralashmasini atmosferali haydash qurilmasini, Gazoylni gidrotozalash va Katalitik riforming qurilmasini korroziyadan kimoviy va texnologik himoya qilish jarayonlarini texnik kuzatib borishdi.
Shuningdek, reagentlarning texnologik qurilmalarda qo‘llanilishini tekshirish, dozalash va yetkazib berishni nazorat qilish ishlari ham amalga oshirildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, deemulgatorning sarfi va korroziya ingibitori samaradorligi bo‘yicha baholash o‘tkazildi. Bu bo‘yicha “MIRRIKO” mutaxassislari tomonidan tegishli tavsiyalar olindi. Reagentlardan sanoatda foydalanishga oid texnik hisobotlar imzolandi.
Ma’lumot uchun, “XG OSNOVA” MChJ “MIRRIKO” kompaniyalar guruhiga kiradi. Ushbu kompaniya samarali va ishonchli yechimlarni izlayotgan neft va gaz qazib olish, uni qayta ishlash, kimyo va neft-kimyo, tog‘-metallurgiya korxonalari uchun turli xil kimoviy yechimlar va noyob texnologiyalarni ishlab chiqadi va joriy qiladi.
Yangiliklar lentasi
0