https://oz.sputniknews-uz.com/20220421/jizzax-va-samarqanddagi-sel-talofatlari-haqida-malumot-berildi-24114331.html
Jizzax va Samarqanddagi sel talofatlari haqida maʼlumot berildi
Jizzax va Samarqanddagi sel talofatlari haqida maʼlumot berildi
Sel va suv toshqinlaridan Forish tumanining ''Egizbuloq'' MFY kuchli zarar koʻrgan. 21.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-21T10:13+0500
2022-04-21T10:13+0500
2022-04-21T10:13+0500
hodisalar
jizzax viloyati
samarqand viloyati
sel
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/15/24113882_0:104:687:490_1920x0_80_0_0_e3bc4eb7d77199e79df9e191f0515ec8.jpg
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) 20 aprel kuni Jizzax va Samarqand viloyati hududlarida kuzatilgan sel va suv toshqinlari oqibatlari haqida maʼlumot berdi.Yomgʻir va oqava suvlari Samarqand shahrining 5 ta shohkoʻchasidan oʻtuvchi avtomobillar qatnov qismida, 54 ta ichki koʻchalar atrofidagi irrigatsiya tarmoqlarida, 20 dan ortiq koʻp qavatli uylarning yertoʻlalari va atrofida, 84 ta yakka tartibdagi turar joy binolarining yertoʻlalari va hovlilarida, 5 ta umumtaʼlim (9, 29, 39, 75-son umumtalim, 1 ta ixtisoslashgan) maktablar va M.Ulugʻbek koʻchasidagi "Koʻzmunchoq" bogʻchasi hovlilari hamda Narpay koʻchasidagi “Muz saroyi” binosi ostidagi avtoturargohda toʻplangan.Qutqaruvchilar olti fuqaroni sel oqimlari ichidan qutqarishgan. Ular tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Taʼkidlanishicha, bu yerda shunday sel oqimlari bundan taxminan 80 yillar avval kuzatilgan.Sel oqimi 15-son umumtaʼlim maktabi va 9-son maktabgacha taʼlim muassasasi hududiga (binolarning 1-qavatiga) ham kirgan. 1.5 km. ichki yoʻllarga sel suvlari toshishi oqibatida transport vositalari harakati vaqtinchalik toʻxtatilgan.Yuzaga kelgan sel oqimi natijasida "Egizbuloq" MFYda joylashgan 25 ta xoʻjalikda istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq fuqarolar vaqtinchalik yashash uchun yaqin qarindoshlarining uylariga koʻchirib oʻtkazilgan. Ular uchun tuman hokimligi zarur mahsulotlar zaxirasini tashkil etgan.Jizzax viloyatining qator tumanlariga kuchli sel keldi – videoQashqadaryo va Navoiy viloyatlarida sel oqimlari oʻz yoʻlidan oqib oʻtgan. Sel hududlardagi aholi yashash xonadonlari va boshqa ijtimoiy soha obʼyektlariga ziyon yetkazmagan.Hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.Eslatib oʻtamiz, avvalroq Forish tumanida kuchli sel oqibatida toʻrt kishi halok boʻlgani xabar qilingan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/15/24113882_0:0:740:555_1920x0_80_0_0_112b6145d0a8ea34bb82a14ee54c8830.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jizzax viloyati, samarqand viloyati, sel, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
Jizzax va Samarqanddagi sel talofatlari haqida maʼlumot berildi
Sel va suv toshqinlaridan Forish tumanining ''Egizbuloq'' MFY kuchli zarar koʻrgan.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) 20 aprel kuni Jizzax va Samarqand viloyati hududlarida kuzatilgan sel va suv toshqinlari oqibatlari haqida
maʼlumot berdi. Yomgʻir va oqava suvlari Samarqand shahrining 5 ta shohkoʻchasidan oʻtuvchi avtomobillar qatnov qismida, 54 ta ichki koʻchalar atrofidagi irrigatsiya tarmoqlarida, 20 dan ortiq koʻp qavatli uylarning yertoʻlalari va atrofida, 84 ta yakka tartibdagi turar joy binolarining yertoʻlalari va hovlilarida, 5 ta umumtaʼlim (9, 29, 39, 75-son umumtalim, 1 ta ixtisoslashgan) maktablar va M.Ulugʻbek koʻchasidagi "Koʻzmunchoq" bogʻchasi hovlilari hamda Narpay koʻchasidagi “Muz saroyi” binosi ostidagi avtoturargohda toʻplangan.
Jizzax viloyati Forish tumanining togʻli hududlari va adirliklarida kuzatilgan kuchli yogʻingarchilik natijasida sodir boʻlgan sel oqimi "Egizbuloq" MFYda joylashgan 260 ta xoʻjalikdan oʻtgan. Ularning 53 tasi toʻliq talofat koʻrgan, 44 tasi oʻrta va 163 tasi yengil darajada talofat koʻrgan.
Qutqaruvchilar olti fuqaroni sel oqimlari ichidan qutqarishgan. Ular tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Taʼkidlanishicha, bu yerda shunday sel oqimlari bundan taxminan 80 yillar avval kuzatilgan.
Sel oqimi 15-son umumtaʼlim maktabi va 9-son maktabgacha taʼlim muassasasi hududiga (binolarning 1-qavatiga) ham kirgan. 1.5 km. ichki yoʻllarga sel suvlari toshishi oqibatida transport vositalari harakati vaqtinchalik toʻxtatilgan.
Yuzaga kelgan sel oqimi natijasida "Egizbuloq" MFYda joylashgan 25 ta xoʻjalikda istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq fuqarolar vaqtinchalik yashash uchun yaqin qarindoshlarining uylariga koʻchirib oʻtkazilgan. Ular uchun tuman hokimligi zarur mahsulotlar zaxirasini tashkil etgan.
Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida sel oqimlari oʻz yoʻlidan oqib oʻtgan. Sel hududlardagi aholi yashash xonadonlari va boshqa ijtimoiy soha obʼyektlariga ziyon yetkazmagan.
Hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Forish tumanida kuchli sel oqibatida toʻrt kishi halok boʻlgani
xabar qilingan edi.