Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Ramazon oyida sogʻliq uchun foydali taomlar roʻyxati – JSST

ujin diyeta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
JSST roʻza tutuvchi musulmonlarga qovurilgan, dudlangan haddar ortiq tkoʻp tuz qoʻshilgan taomlarni isteʼmol qilishni tavsiya etmaydi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) roʻza tutuvchi musulmonlar uchun Ramazon oyi davomida saharlik va iftorlik uchun tayyorlanayotgan taomlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini eʼlon qildi.
JSST tavsiyalari quyidagilardan iborat:
Yogʻli mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli goʻsht, qatlamali, yogʻ/margarin yoki saryogʻ qoʻshilgan xamirdan tayyorlangan taomlar isteʼmolini kamaytirish kerak.
Masalliqlarni qovurish oʻrniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bugʻda, sousda pishirish, kam miqdordagi yogʻda qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Tarkibiga meʼyordan ortiq tuz qoʻshilgan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilmang! Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan goʻsht hamda baliq mahsulotlari, shoʻr bodring, zaytun mevasi, tuzli pishloqlar, gazaklar, mayonez, ketchup va xantal qoʻshilgan salatlar, souslar shular jumlasidandir.
Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qoʻyish tavsiya etiladi.
Pishirilayotgan taomlar taʼmini yaxshilash uchun turli oʻt va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.
Yangiliklar lentasi
0