Jizzaxda seldan zarar ko‘rgan mahalla uchun gumanitar yordam to‘plandi

© Xokimiyat Djizzakskoy oblastiUstranenie posledstviy seliv Djizzakskoy oblasti
Ustranenie posledstviy seliv Djizzakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Obuna bo‘lish
Seldan eng ko‘p zarar ko‘rgan "Egizbuloq” mahallasiga barcha tumanlardan gumanitar yordam olib kelinmoqda. Bular oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak va boshqalar.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Forish tumani “Egizbuloq” mahallasida kuchli sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda Jizzax viloyati hokimligi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, tuman korxonalari vakillari vhamda ko‘ngilli yoshlar faol ishtirok etib, aholi xonadonlari, tomorqalari, mahallaning ichki yo‘llari oqiziqlar, qum-shag‘aldan tozalanyapti.
© Xokimiyat Djizzakskoy oblastiUstranenie posledstviy seliv Djizzakskoy oblasti
Ustranenie posledstviy seliv Djizzakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Ustranenie posledstviy seliv Djizzakskoy oblasti
Shuningdek, Forish tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 129 nafar ishchilari sel oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda.
“Egizbuloq” mahallasiga viloyatdagi barcha tumanlardan va tashkilot, muassasalari mahallalardan jamlangan gumanitar yordam kelishi davom etmoqda.
© Xokimiyat Djizzakskoy oblastiUstranenie posledstviy seliv Djizzakskoy oblasti
Ustranenie posledstviy seliv Djizzakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Ustranenie posledstviy seliv Djizzakskoy oblasti
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak, qurilish materiallaridan iborat gumanitar yordam mahalladagi 15-umumta’lim maktabiga to‘planib, seldan talofat ko‘rgan mahalla aholisiga yetkazib berilayapti.
Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida sel kelgan edi. tabiiy ofat oqibatida aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obyektlari, ekin maydonlari barbod bo‘lgan, 5 kishi qurbon bo‘lgan edi.
© Xokimiyat Djizzakskoy oblastiUstranenie posledstviy seliv Djizzakskoy oblasti
Ustranenie posledstviy seliv Djizzakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Ustranenie posledstviy seliv Djizzakskoy oblasti
Yangiliklar lentasi
0