Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishi mumkin

© http://mintrans.uz/ru/Uzbekistansi, evakuirovannie iz Ukraini, pribili v Tashkent
Uzbekistansi, evakuirovannie iz Ukraini, pribili v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Obuna bo‘lish
Talabalar 26-apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari mumkin.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Ukrainadan qaytgan talabalarga o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishiga ruxsat berilgan.
Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar 26-apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari mumkin.
Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev Ukrainadan qaytgan talabalarning O‘zbekistondagioliygohlarda o‘qishini davom ettirishini aytgan edi.
Ma’lumot uchun, 4-mart holatiga ko‘ra, umumiy hisobda 11 ta aviareys bilan 2579 nafar o‘zbekistonlik vataniga qaytarilgan.
Yangiliklar lentasi
0