Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Qandli diabetga chalingan bolalar qanday parhez qilishi kerak?

© Foto : Christiaan TriebertIgrushka medvedya v detskoy bolnichnoy palate
Igrushka medvedya v detskoy bolnichnoy palate - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bolalarda qandli diabetning 1-turini davolash asosan parhez saqlash, jismoniy harakatlar va insulinoterapiyadan iborat.
Butun dunyoda bolalar orasida tobora koʻproq uchraydigan qandli diabet haqida nimalarni bilish kerak? SSV koʻpchillik ota-onalarni qiziqtirgan ushbu savolga batafsil javob berdi.
Bugungi kunda qandi diabetga chalingan bolalar tobora koʻpayib borayotgani dunyo ahlini jiddiy tashvishga solmoqda. Ushbu kasallik yosh bolalar, hatto, chaqaloqlar orasida ham koʻp uchramoqda, - deydi Respublika endokrinologiya markazining bolalar endokrinologiyasi boʻlimi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Shahnoza Azimova.
— Bolalarda qandli diabetning asosan 1-turi uchramoqda. Organizmda insulin yetishmovchiligi hisobiga bemorlarda tez-tez peshobga chiqish, suyuqlikni koʻp miqdorda ichish, holsizlik, ozib ketish kabi ilk belgilar kuzatiladi.
Qandli diabetning 1-turi nasldan-naslga oʻtadi. Agar qatʼiy parhezga amal qilinib, jismoniy faollik taʼminlansa va bolaning doimiy holati nazorat qilib borilsa, kasallik alomatlarining oldi olingan boʻladi. Agar aksi boʻlsa, koʻz, buyrak faoliyatida buzilish kuzatiladi.
Mayda va katta qon tomirlaridagi asoratlar bilan birga, boʻy oʻsmasligi va jinsiy rivojlanishning orqada qolish holatlari roʻy beradi. Ushbu belgilar qandli diabetning kechki asoratlaridan hisoblanadi.
Farzandiga qandli diabet 1-tur tashxisi qoʻyilgan ota-onalar dastlab oʻgʻil-qizlarining maxsus maktablar, yaʼni diabet: oʻz-oʻzini nazorat qilish maktablarida taʼlim olishlariga sharoit yaratishi shart. Bunday maktablar har bir viloyat endokrin dispanserlari qoshida ochilgan.
Bu yerda diabetga chalingan bolalar oʻz-oʻzini nazorat qilishi, gipoglikemiya va ketoatsedozga shubha qilinganda qondagi glyukozani aniqlashni oʻrganadi, - deydi shifokor.

Diabetga chaningan bolalar qanday parhez qilishi kerak?

Shahnoza Azimovaning taʼkidlashicha, ushbu kasallikka chalingan bolalar kundalik ratsioniga taomnomasiga oqsil, yogʻ, uglevod, vitamin va mikroelementlar kiritiladi. Uglevodlarni isteʼmol qilishda ularning glikemik indeksiga eʼtibor beriladi. Glikemik indeksi past boʻlgan mahsulotlar, masalan, dukkaklilar, suli, sabzavotlar qondagi qand miqdorini sekin koʻtaradi.
Diabet bilan ogʻrigan bolalar kun davomida 5-6 mahal ovqatlanishi, jumladan, 3 mahal asosiy taomlanish va oraliq vaqtda qoʻshimcha ovqatlanish tavsiya etiladi.
Parhezga rioya qilinganda qondagi qand miqdorining keskin ortishi va shu bilan birga, qandning turli aʼzo va toʻqimalarga nojoʻya taʼsiri oldi olinadi, qabul qilinayotgan insulin dozasini korrektsiyalash oson boʻladi.
Shuning uchun bolalar va ularning ota-onalari isteʼmol qilinayotgan uglevodlarni hisoblashni bilishlari lozim.
Diabet oʻzbekcha - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.11.2017
Jamiyat
Qandli diabet haqida nimalarni bilish kerak?
Yangiliklar lentasi
0