Rossiya

Rogozin uchinchi jahon urushi nima sababdan boshlanishi mumkinligini aytdi

© POOL / Fotobankka oʻtishGoskomissiya i predstartovaya press-konferentsiya ekipajey MKS-67 na Baykonure
Goskomissiya i predstartovaya press-konferentsiya ekipajey MKS-67 na Baykonure - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Roskosmos rahbari Rogozin: uchinchi jahon urushi boshqa davlat sunʼiy yoʻldoshga qarshi qurolli hujum oqibatida boshlanishi mumkin.
TOSHKENT, 23 apr - Sputnik. Kelajakda oʻzga davlat sunʼiy yoʻldoshga qarshi qurollardan foydalanish - uchinchi jahon urushining boshlanishi boʻlishi mumkin, dedi "Roskosmos" bosh direktori Dmitriy Rogozin.

"Shuni yodda tutish kerakki, begona kosmik apparatning yoʻq qilinishi - bu uchinchi jahon urushidir. Yaʼni, bu, casus belli, albatta, yani muqarrardir", - dedi Rogozin "Rossiya 24" telekanali efirida.

U sunʼiy yoʻldoshga qarshi qurollarni sinovdan oʻtkazishga moratoriy qoʻyishga chaqirayotgan AQSH vakillariga ishonmaslikka chaqirdi. Chunki Qoʻshma Shtatlarning oʻzi allaqachon zarur sinovlarni oʻtkazib boʻlgan va kosmik apparatlarga qarshi tizimlarni oʻz qurllari safiga qoʻshgan. Endi boʻlsa oʻzlaridan "tinchlik kaptari" yasashmoqda, - dedi Rogozin.
Roskosmos direktori, shuningdek, insoniyat tez orada koinotda ommaviy qirgʻin qurollari joylashtirilishiga guvoh boʻlshi mumkin. Amerika Qoʻshma Shtatlarida allaqachon bunday ishlanmalar mavjud - xususan, ularning maxfiy X-37B mini-shatli ham razvedka mashinalarini, ham qurollarni olib yurishi mumkin, deb hisoblaydi davlat korporatsiyasi bosh direktori.
“Xitoy va Rossiyaning koinotda qurol-yarogʻ joylashtirishni taqiqlovchi shartnoma boʻyicha qoʻshma taklifi bor. AQSH boʻlsa, ushbu takliflarga javob berish oʻrniga bemaʼni bayonotlar bilan chiqmoqda”, - dedi Rogozin.
Yangiliklar lentasi
0