Belarus bosh vaziri O‘zbekistonga kelyapti

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Belorussii Roman Golovchenko
Premyer-ministr Belorussii Roman Golovchenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2022
Obuna bo‘lish
Roman Golovchenko prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazadi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Belarus hukumati delagatsiyasi bosh vazir Roman Golovchenko boshchiligida 24-aprel kuni Toshkentga jo‘nab ketadi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
“Delegatsiya tarkibi davlat va biznes vakillaridan iborat. Har birining takliflar to‘plami bor. Umumiy manfaatlar orasida koorporatsiya, sanoat, farmatsevtika va boshqa sohalarda hamkorlarni izlash”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Roman Golovchenko prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Belarus delegatsiyasi "Innoprom" ko‘rgazmasi va Texnoparkka tashrif buyuradi, shuningdek, Minsk traktor zavodi dilerlik markazining ochilishida ishtirok etadi.
Tashrif ikki kun - 24 va 25-aprel kunlariga mo‘ljallangan.
Yangiliklar lentasi
0