Video

Rossiya Mudofaa vazirligi UQK oʻq-dori omborlari yoʻq qilinishi aks etgan videoni koʻrsatdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarining oʻq-dori omborlariga qanday zarba berilganini koʻrsatdi.
Omborlar dron yordamida nishonga olingan.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda. 25 martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini taʼkidlagan.
Yangiliklar lentasi
0