https://sputniknews-uz.com/20220425/belarus-toshkentda-tramvayni-tiklashda-yordam-berishga-tayyorligini-bildirdi-24184623.html
Belarus Toshkentda tramvayni tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirdi
Belarus Toshkentda tramvayni tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirdi
Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, Belarus tomoni ham sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishdan manfaatdor. 25.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-25T12:20+0500
2022-04-25T12:20+0500
2022-04-25T12:42+0500
iqtisod
belarus
tramvay
oʻzbekiston
roman golovchenko
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/499/60/4996075_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_204efae228969c2e7bacfd5dc254314b.jpg
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Toshkentda tramvayni tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv chogʻida maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda “BelTA” .Uning soʻzlariga koʻra, Toshkentda yoʻlga qoʻyilishi aytilayogan tramvay qatnoviga Belarus tomoni zarur infratuzilma va harakat tarkibini yetkazib berish bilan kompleks yechimlarni taqdim etishga tayyor. Agar shunday qaror qabul qilinsa, Belarus Oʻzbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham koʻrib chiqadi.Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, Belarus tomoni ham sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishdan manfaatdor.“Bunday hamkorlikning namunalari allaqachon mavjud. Biz Belarus yechimlari asosida qishloq xoʻjaligi uchun maxsus uskunalarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishga tayyormiz. Ushbu takliflarning koʻpchiligi yaʼni Belarus mashinasozlarining ilgʻor ishlanmalari bugun koʻrgazmada namoyish etiladi”, - deydi Golovchenko.Eslatib oʻtamiz, 2016 yilning 2 may kuni Toshkentda harakatlanayotgan soʻnggi tramvay yoʻnalishi — "Beshqayragʻoch" dahasi va Ippodrom oʻrtasida qatnovchi 17-yoʻnalish yopilgan va shu bilan poytaxt tramvayining 115 yillik tarixi yakunlangan edi. 2022 yil fevralida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvayni qaytarish rejasi borligini maʼlum qilgan edi.
belarus
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/499/60/4996075_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d5671015b88fb8f3ef068e56cbb02453.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
belarus, tramvay, oʻzbekiston, roman golovchenko
Belarus Toshkentda tramvayni tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirdi
12:20 25.04.2022 (yangilandi: 12:42 25.04.2022) Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, Belarus tomoni ham sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishdan manfaatdor.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Toshkentda tramvayni tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv chogʻida maʼlum qildi, deb
xabar qilmoqda “BelTA” .
“Bizda yoʻlovchilar uchun moʻljallangan shahar transporti sohasida takliflarimiz bor. Elektr transportining rivojlanishi bugungi kunda shunchaki modaga boʻlgan hurmat emas, bizningcha, bu yaqin oʻn yilliklarda transport tuzilmasini belgilab beradigan asosiy qarordir. Biz sizga ushbu ekologik toza transport sohasida oʻz imkoniyatlarimizni taklif qilishni istardik”, - dedi u.
Uning soʻzlariga koʻra, Toshkentda yoʻlga qoʻyilishi aytilayogan tramvay qatnoviga Belarus tomoni zarur infratuzilma va harakat tarkibini yetkazib berish bilan kompleks yechimlarni taqdim etishga tayyor. Agar shunday qaror qabul qilinsa, Belarus Oʻzbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham koʻrib chiqadi.
Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, Belarus tomoni ham sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishdan manfaatdor.
“Bunday hamkorlikning namunalari allaqachon mavjud. Biz Belarus yechimlari asosida qishloq xoʻjaligi uchun maxsus uskunalarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishga tayyormiz. Ushbu takliflarning koʻpchiligi yaʼni Belarus mashinasozlarining ilgʻor ishlanmalari bugun koʻrgazmada namoyish etiladi”, - deydi Golovchenko.
Eslatib oʻtamiz, 2016 yilning 2 may kuni Toshkentda harakatlanayotgan soʻnggi tramvay yoʻnalishi — "Beshqayragʻoch" dahasi va Ippodrom oʻrtasida qatnovchi
17-yoʻnalish yopilgan va shu bilan poytaxt tramvayining 115 yillik tarixi yakunlangan edi. 2022 yil fevralida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvayni qaytarish rejasi borligini
maʼlum qilgan edi.