Iqtisod

Manturov dollardan voz kechish va milliy valyutalardagi hisob-kitobga oʻtishga chaqirdi

© SputnikGlavnaya plenarnaya sessiya Tsentralnaya Aziya: prostranstvo texnologicheskogo prorыva
Glavnaya plenarnaya sessiya Tsentralnaya Aziya: prostranstvo texnologicheskogo prorыva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya sanoat va savdo vaziri mamlakat qaysi sohalarda Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishi mumkinligini aytdi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov hamkorlarni dollardan voz kechish va milliy valyutalardagi hisob-kitobga oʻtishga chaqirdi. Bu haqda u “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ikkinchi xalqaro sanoat koʻrgazmasi ochilishida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Manturovning soʻzlariga koʻra, hozir dollar va yevrodan voz kechib, milliy valyutalardgi hisob-kitoblarga oʻtish nihoyatda muhim.
“Oʻzaro hisob-kitob, mahsulotlarimizni yetkazib berish nuqtai nazaridan, oʻzaro koorporatsiyada maksimal mustaqil boʻlish uchun oʻzimizning valyutalarga oʻtish zarur”, - dedi u.
Rossiyalik vazir Rossiyaning Oʻzbekiston bilan hamkorlikka qiziqishi ulkan ekani va bu oʻsib borishini taʼkidladi. U ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy istiqbolli yoʻnalishlarini sanab oʻtdi.
“Oʻzbekiston ham iqtisodiyot, ham demografiya jihatdan tez oʻsib borayotgan mamlakat... Oʻzbekistonning tez oʻsib borayotgan iqtisodiyotiga qiziqishimiz ulkan va oʻsib boradi. Biz hozir farmatsevtika, avtosanoat, qishloq xoʻjaligi mashinalari, oziq-ovqat sanoati rivojlanishining istiqbollarini koʻryapmiz. Tabiiy resurslar bilan bogʻliq loyihalar boʻyicha sohalarni rivojlantirish imkoniyati bor”, - dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri.
Manturovning taʼkidlashicha, INNOPROM-2022 xalqaro koʻrgazmasi yangi hamkorlik va loyihalar uchun qoʻshimcha turtki berishi kerak, chunki mintaqaviy hamkorlik bu sherikchilikning asosiy zaminidir.
Rossiya MDH mamlakatlarida rubl pozitsiyasini mustahkamlamoqda
Oʻtgan yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo koʻrsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qoʻshma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Putin Rossiya tashqi savdosini rublga oʻtkazishni tezlashtirishni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0