“Megafon” O‘zbekiston IT-mutaxassislarini rivojlantirish dasturini yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Aleksey DanichevLogotip kompanii MegaFon na Peterburgskom mejdunarodnom ekonomicheskom forume 2018.
Logotip kompanii MegaFon na Peterburgskom mejdunarodnom ekonomicheskom forume 2018. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
Innoprom-2022 ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston AKT vazirligi va "Megafon" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiyaning “Megafon” uyali aloqa operatori va O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (AKT) O‘zbekiston IT-mutaxassislarini o‘qitish va ish bilan ta’minlash dasturini yo‘lga qo‘yadi. Tegishli hamkorlik memorandumi “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida imzolandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, hamkorlik dasturlash va ishlab chiqish sohasidagi talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha turli darajadagi mutaxassislarni o‘qitish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
O‘qishdan so‘ng ishtirokchilarga malakasidan kelib chiqib, amaliyot o‘tash dasturi yoki birdaniga "Megafon" jamoasida haqiqiy loyihalar ustida ish boshlash imkoniyati taqdim etiladi.
"Megafon" bosh direktori Xachatur Pombuxchan O‘zbekiston istiqbolini Markaziy Osiyodagi eng yirik IT-xab sifatida ko‘rayotganini va oliy toifadagi ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlashda tajriba bilan bo‘lishish hamda o‘z resurslarinini ishga solishga tayyor ekanligini bildirdi.
AKT vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos bugungi kunda O‘zbekiston IT-mutaxassislarini o‘qitish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirayotganini eslatdi. Agar 2020-yil boshida mamlakatda jami bir necha yuz IT-mutaxassislari bo‘lgan bo‘lsa, hozir ularning soni 50 mingdan oshgan. O‘zbekiston 2030-yilga kelib IT-mutaxassislar soni bir millionga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0