“Megafon” Toshkentda ekomonitoring tizimini yaratishga oid loyiha hamkoriga aylanadi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPodgotovka k PMEF-2018
Podgotovka k PMEF-2018 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
Yaqin vaqt ichida O‘zbekiston poytaxtida kompleks ekomonitoring tizimi ishga tushadi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiyaning “Megafon” uyali aloqa operatori Toshkentda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishga hissa qo‘shadi. Kompaniya poytaxt hokimligi bilan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida kelishuv imzoladi.
“Yaqin vaqt ichida shaharda kompleks ekomonitoring tizimi ishga tushadi. Tomonlar Toshkentda atmosfera havosi hamda atrof-muhitning boshqa tarkibiy qismlari holatini doimiy nazorat qilishni ta’minlovchi raqamli yechimlarni joriy etishga oid loyihani hamkorlikda ishlab chiqishga kelishishdi", - deyilgan kompaniya xabarida.
“Megafon” korporativ va davlat segmentlarini rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Emin Antonyanning so‘zlariga ko‘ra, atrof-muhit muhofazasi bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda ustuvor masalalar qatorida turadi. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik rivojlanmoqda, sanoat korxonalari salbiy ta’sirni kamaytirish yo‘llarini izlashmoqda. Zamonaviy raqamli yechimlar bu vazifani osonlashtiradi – ular nafaqat real vaqt rejimida atrof-muhit holatini kuzatish, balki vaziyat yomonlashgan taqdirda tezkor chora ko‘rish imkonini beradi.
“Megafon” Rossiyaning bir necha hududlarida, shuningdek, sanoat korxonalarida ekologik nazorat tizimlarini joriy qilish bo‘yicha ijobiy tajribaga ega. Biz Toshkent hokimligiga ushbu muhim masalani hal etishda o‘z ishlanmalarimiz va tajribamizni taklif etishdan mamnunmiz", — ta’kidladi Emin Antonyan.
"Biz MegaFon bilan hamkorlikda ulkan imkoniyatlarni ko‘rapmiz. O‘zbekiston raqamlashtirishni taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Misol uchun, 2020-yilda "Raqamli O‘zbekiston-2030" hududlar va tarmoqlarni o‘zgartirish strategiyasi kuchga kirdi. So‘nggi ikki yilda Toshkentda juda katta ishlar qilindi va MegaFon bilan hamkorlik – boshlangan ishning mantiqiy davomidir", — deydi Toshkent hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari Aleksey Xen.
“Megafon”ning Rossiya hududlarida muvaffaqiyatli ishlayotgan yechimlari orasida “Megafon Ekologiya tahliliy” platformasi ham bor va u atrof-muhit tarkibiy qismlari – havo va suv sifati baholarini aks ettirib boradi, anomal ko‘rsatkichlarni aniqlaydi va bildirishnomalarni qulay formatda – elektron pochta orqali, push-bildirishnoma yoki SMS orqali yuboradi.
Platforma avtomatik rejimda avariya-qutqaruv xizmatlarini havoda xavfli moddalar tarqalishi ehtimolidan xabardor qilishga qodir va ekologik insidentlar va avariya holatlarining oldini olishga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0