https://sputniknews-uz.com/20220425/nikohlanuvchilar-molekulyar-genetik-tekshiruvdan-otishadi-24199272.html
Nikohlanuvchilar molekulyar-genetik tekshiruvdan oʻtishadi
Nikohlanuvchilar molekulyar-genetik tekshiruvdan oʻtishadi
2023 yil 1 iyuldan nikohlanuvchi shaxslar oʻz hisobidan molekulyar-genetik testdan oʻtkaziladi. 25.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-25T18:56+0500
2022-04-25T18:56+0500
2022-04-25T18:56+0500
jamiyat
molekulyar-genetik test
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1389/56/13895669_0:273:3068:1999_1920x0_80_0_0_0ad0e63da5822052e0c05de52902afec.jpg
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda nikohlanuvchilar 2023 yil 1 iyuldan molekulyar-genetik testdan oʻtkaziladi. Bu prezident 25 aprel kuni imzolagan Spinal mushak atrofiyasi kasalligi bilan ogʻrigan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan.Qarorga muvofiq spinal mushak atrofiyasi kasalligi boʻyicha xavf guruhidagi homilador ayollar Respublika “Ona va bola skrining” markazi hamda uning hududiy markazlarida, shuningdek, zamonaviy molekulyar-genetik Milliy referens laboratoriyasi va uning hududiy filiallarida bepul diagnostikadan oʻtkaziladi.2022 yil 1 iyuldan spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega oilalarning Yagona milliy registri yuritiladi va oilalarning klinik va molekulyar-genetik diagnostikasidan kelib chiqib shakllantirib boriladi.2022 yil 1 maydan spinal mushak atrofiyasi kasalligi tashxisi tasdiqlangan bemor bolalar uchun hududlardagi bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida multidistsiplinar (nevrolog, pediatr, reanimatolog, pulmonolog, ortoped, xirurg) tekshiruv va davolash (operativ kontrakturalar va suyak deformatsiyalarini toʻgʻrilash) jarayoni tashkil etiladi.Qaror bilan shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1389/56/13895669_202:0:2933:2048_1920x0_80_0_0_0bd739cccb2779109690c7ff2199d67d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
molekulyar-genetik test
Nikohlanuvchilar molekulyar-genetik tekshiruvdan oʻtishadi
2023 yil 1 iyuldan nikohlanuvchi shaxslar oʻz hisobidan molekulyar-genetik testdan oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda nikohlanuvchilar 2023 yil 1 iyuldan molekulyar-genetik testdan oʻtkaziladi. Bu prezident 25 aprel kuni imzolagan Spinal mushak atrofiyasi kasalligi bilan ogʻrigan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda
belgilangan. Nikohlanuvchilar oʻz hisobidan Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi va uning hududiy markazlari tashrif buyurish orqali Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining laboratoriyasida test topshirishadi.
Qarorga muvofiq spinal mushak atrofiyasi kasalligi boʻyicha xavf guruhidagi homilador ayollar Respublika “Ona va bola skrining” markazi hamda uning hududiy markazlarida, shuningdek, zamonaviy molekulyar-genetik Milliy referens laboratoriyasi va uning hududiy filiallarida bepul diagnostikadan oʻtkaziladi.
2022 yil 1 iyuldan spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega oilalarning Yagona milliy registri yuritiladi va oilalarning klinik va molekulyar-genetik diagnostikasidan kelib chiqib shakllantirib boriladi.
2022 yil 1 maydan spinal mushak atrofiyasi kasalligi tashxisi tasdiqlangan bemor bolalar uchun hududlardagi bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida multidistsiplinar (nevrolog, pediatr, reanimatolog, pulmonolog, ortoped, xirurg) tekshiruv va davolash (operativ kontrakturalar va suyak deformatsiyalarini toʻgʻrilash) jarayoni tashkil etiladi.
Qaror bilan shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.