Jamiyat

Abdurahmonov viloyatda “Andijon polkasi” oyligini eʼlon qildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼkidlanishicha, oʻzini haqiqiy andijonlikman deb bilganlar har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishni odat tusiga kiritishlari lozim.
TOSHKENT, 26 aprel — Sputnik. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov topshirigʻiga asosan “Andijon polkasi” kuyi yaratilganining 100 yilligi va shu nomdagi xalq raqs ansambli tashkil etilganini 65 yilligi munosabati bilan viloyatda “Andijon polkasi” oyligi eʼlon qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi oʻrinbosari Azizxon Maxsumov imzolagan xabarnoma tarqaldi.
Hujjatda yozilishicha, oʻzini haqiqiy andijonlikman deb bilganlar butun jamoasi, hamkasblari bilan har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishni odat tusiga kiritishlari lozim.
© Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
 Andijon polkasi oyligi - Sputnik Oʻzbekiston
1/5
© Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
 Andijon polkasi oyligi - Sputnik Oʻzbekiston
2/5
© Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
 Andijon polkasi oyligi - Sputnik Oʻzbekiston
3/5
© Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
 Andijon polkasi oyligi - Sputnik Oʻzbekiston
4/5
© Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati
 Andijon polkasi oyligi - Sputnik Oʻzbekiston
5/5
“Bundan tashqari shahar boʻylab harakatlanayotgan barcha jamoat transportlarida, savdo doʻkonlarida, bozorlarda, mehmonxonalarda, avto va temir yoʻl vokzallarida va boshqa odamlar gavjum boʻlgan barcha hududlarda turli chellenjlar va fleshmoblar tashkil qilish orqali ommalashtirish zarurligi belgilandi”, - deyilgan hujjatda.
Shuningdek, hokim oʻrinbosari imzogan hujjatda oʻtkazilayotgan tadbirlarning foto va yozma axboroti xar hafta viloyat hokimligining turizm kotibiyatiga taqdim etish soʻralgan.
Yangiliklar lentasi
0