Endi Buxorodan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz qilish mumkin

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Bu yo‘nalishdagi parvozlar haftada ikki marta payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. 15-maydan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Buxoro – Istanbul – Buxoro yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Parvozlar haftada ikki marta payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
HY-285 va HY-286 raqamli aviaqatnovlar jadvali quyidagicha:
Buxorodan jo‘nab ketish: 09:45 (Toshkent vaqti)
Istanbulga yetib borish: 12:25 (Istanbul vaqti)
Istanbuldan jo‘nab ketish: 13:55 (Istanbul vaqti)
Buxoroga yetib borish: 20:05 (Toshkent vaqti)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turizm va madaniy meros vazirligi Toshkentdan boshqa shaharlarda ham bir qator yo‘nalishlarda xalqaro parvozlar soni ko‘paytirilishi haqida ma’lum qilgan edi. Ushbu parvozlarni Buxoro orqali – Moskva, Vladivostok, Tel-Aviv, Istanbul, Madina, Jidda, Kuala-Lumpur, Jakarta va Olmaota shaharlariga amalga oshirish kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0