Lavrov yadro urushiga yo‘l qo‘ymaslik Moskvaning asosiy pozitsiyasi ekanini ma’lum qildi

© Sputnik / MID RFMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Lavrov: yadro urushiga yo‘l qo‘ymaslik Moskvaning asosiy pozitsiyasi, bunday mojaro xatariga yetarchilik baho bermaslik mumkin emas.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yadro urushiga yo‘l qo‘ymaslik Moskvaning asosiy pozitsiyasi ekanini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yadro urushi xavfiga yetarlicha baho bermaslik mumkin emas.
“Bu bizning asosiy pozitsiyamiz, undan kelib chiqamiz, va, albatta, men, hozir xatarlar juda-juda yuqori bo‘lgan bir paytda, bu xatar sun’iy ravishda ko‘pirtirilishini istamagan bo‘lardim. Xavf jiddiy, u real, unga yetarlicha baho bermaslik mumkin emas”, - dedi Lavrov Birinchi kanal ko‘rsatuvida.
Shuningdek, Rossiya TIV rahbari yanvar oyida Rossiyaning bevosita ishtirokida BMT Xavfsizlik kengashining 5 ta doimiy a’zolari (Xitoy, AQSh, Rossiya, Fransiya va Buyuk Britaniya) yadro urushiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi tezisni tasdiqlashganini eslatdi.
Lavrov hozir Rossiya hozir yuzaga kelgan inqirozni hal etish uchun ko‘p ishlarni qilayotganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Rosssiya Mudofaa vazirligi AQSh Rossiyani ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishda ayblash maqsadida Ukraina hududida kimoviy, biologik yoki kuchli bo‘lmagan yadroviy qurol yordamida fitna tayyorlayotganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0