Iyuldan turizm qishloqlari uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKishlak Yangiturmush
Kishlak Yangiturmush - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna bo‘lish
Qishloqlarda mehmon uylari tashkil etishga 50 million so‘mgacha, o‘tov lagerlari va eko-uylarga 300 million so‘mgacha, chodirli lagerlar qurishga 300 million so‘mgacha kreditlar beriladi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 1-iyuldan turizm qishloqlari uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan turizm sohasini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Xususan, 1-iyuldan boshlab:
turizm qishloqlarida mehmon uylari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar 3-yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi.
oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ushbu qishloqlarda mehmon uylari tashkil etishga 50 million so‘mgacha, o‘tov lagerlari va eko-uylar majmuasiga 300 million so‘mgacha, chodirli lagerlar qurishga 300 million so‘mgacha kreditlar beriladi.
Qayd etilishicha, Chiroqchidagi Tarag‘ay va Langar qishloqlari aholisi kamida 100 tadan mehmon uylari tashkil etish tashabbusini bildirgan.
Endi har yili turizm qishloqlarining 200 nafar yoshlari budjet hisobidan turizm texnikumlarida bepul o‘qitiladi.
135 ta ixtisoslashgan mahallada 2,5 mingta loyiha uchun shu yilda 250 milliard so‘m va 50 million dollar ajratiladi.
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolar uchun keshbek tizimi joriy etiladi
Ma’lumot uchun, prezidentning 5781-sonli farmoni bilan fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari sayyohlarga besh xil xizmat turini ko‘rsatsa, ularga "Turizm mahallasi", "Turizm qishlog‘i" yoki "Turizm ovuli" maqomi beriladi.
Yangiliklar lentasi
0