https://oz.sputniknews-uz.com/20220427/krasnodar-ozbekistonan-gazlama-xarid-qilishni-taklif-qildi-24236869.html
Krasnodar Oʻzbekistondan gazlama xarid qilishni taklif qildi
Krasnodar Oʻzbekistondan gazlama xarid qilishni taklif qildi
Krasnodar oʻlkasi Oʻzbekistondan sifatli mato xarid qilishdan manfaatdor, chunki mintaqada 100 dan ortiq yengil sanoat korxonalari faoliyat yuritadi. 27.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-27T12:41+0500
2022-04-27T12:41+0500
2022-04-27T12:42+0500
iqtisod
oʻzbekiston
rossiya
hamkorlik
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1b/24237222_0:107:2048:1259_1920x0_80_0_0_31ba87d18bf4a0ea55eae7664dbf9c3a.jpg
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Krasnodar oʻlkasi rahbariyati “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga Rossiya janubining yengil sanoat materiallariga boʻlgan ehtiyojini qoplash maqsadida mintaqada Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilarining vakolatxonasini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda jurnalistlarga Krasnodar oʻlkasi maʼmuriyati matbuot xizmati xabar berdi.Xabarga koʻra, viloyat hokimi oʻrinbosari Aleksandr Ruppelva “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbari oʻrinbosari Muhammadjon Jumaniyozov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan.Krasnodar oʻlkasi mato yetkazib berishdan manfaatdor, chunki mintaqada 100 dan ortiq yengil sanoat korxonalari faoliyat yuritadi: kiyim-kechak, poyabzal, toʻqimachilik, charm va undan mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, gubernator oʻrinbosari Kubanda 200 dan ortiq korxona mebel sanoati, jumladan, yumshoq mebellar ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotganini aytdi.“Viloyatimizda bu sohaning ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi yengil sanoatga 1 foiz stavkada, import oʻrnini bosuvchi hududlarga yillik 0,1 foiz stavkada 200 million rublgacha kreditlar berishga tayyor. Sanoat parklarimiz rezidentlari uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz, daromad soligʻi boʻyicha investitsiya chegirmasi va yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʻi uchun 13,5 foiz chegirma mavjud”, deydi Ruppel.Muhammadjon Jumaniyozov, oʻz navbatida, uyushma 2 mingdan ortiq korxonani birlashtirganini taʼkidladi. Unga koʻra, bu yerda 2021 yilda 862 ming tonna ip-kalava, 716 million kvadrat metrdan oshiq paxta gazlama, shuningdek, 204 ming tonna trikotaj gazlama ishlab chiqarilgan.Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston 74 davlatga mahsulot eksport qiladi, respublika umumiy eksportida yengil sanoatning ulushi 26 foizni tashkil etadi.
oʻzbekiston
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/1b/24237222_114:0:1934:1365_1920x0_80_0_0_af5b14ec282edf671b68f70f41804919.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, rossiya, hamkorlik
Krasnodar Oʻzbekistondan gazlama xarid qilishni taklif qildi
12:41 27.04.2022 (yangilandi: 12:42 27.04.2022) Krasnodar oʻlkasi Oʻzbekistondan sifatli mato xarid qilishdan manfaatdor, chunki mintaqada 100 dan ortiq yengil sanoat korxonalari faoliyat yuritadi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Krasnodar oʻlkasi rahbariyati “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga Rossiya janubining yengil sanoat materiallariga boʻlgan ehtiyojini qoplash maqsadida mintaqada Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilarining vakolatxonasini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda jurnalistlarga Krasnodar oʻlkasi maʼmuriyati matbuot xizmati
xabar berdi.
Xabarga koʻra, viloyat hokimi oʻrinbosari Aleksandr Ruppelva “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbari oʻrinbosari Muhammadjon Jumaniyozov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan.
“Muzokaralar doirasida Oʻzbekiston yengil sanoat korxonalarini Krasnodar oʻlkasida mahalliylashtirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Shuningdek, Aleksandr Ruppel Muhammadjon Jumaniyozovga Rossiya janubining yengil sanoat materiallariga boʻlgan ehtiyojini qoplash maqsadida Kubanda Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilarining vakolatxonasini tashkil etishni taklif qildi”, deyiladi xabarda.
Krasnodar oʻlkasi mato yetkazib berishdan manfaatdor, chunki mintaqada 100 dan ortiq yengil sanoat korxonalari faoliyat yuritadi: kiyim-kechak, poyabzal, toʻqimachilik, charm va undan mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, gubernator oʻrinbosari Kubanda 200 dan ortiq korxona mebel sanoati, jumladan, yumshoq mebellar ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotganini aytdi.
“Viloyatimizda bu sohaning ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi yengil sanoatga 1 foiz stavkada, import oʻrnini bosuvchi hududlarga yillik 0,1 foiz stavkada 200 million rublgacha kreditlar berishga tayyor. Sanoat parklarimiz rezidentlari uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz, daromad soligʻi boʻyicha investitsiya chegirmasi va yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʻi uchun 13,5 foiz chegirma mavjud”, deydi Ruppel.
Muhammadjon Jumaniyozov, oʻz navbatida, uyushma 2 mingdan ortiq korxonani birlashtirganini taʼkidladi. Unga koʻra, bu yerda 2021 yilda 862 ming tonna ip-kalava, 716 million kvadrat metrdan oshiq paxta gazlama, shuningdek, 204 ming tonna trikotaj gazlama ishlab chiqarilgan.
“Biz korxonalaringiz ehtiyojlarini batafsil koʻrib chiqishga va har bir yoʻnalish boʻyicha bosqichma-bosqich ishlashga tayyormiz”, degan Jumaniyozov.
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston 74 davlatga mahsulot eksport qiladi, respublika umumiy eksportida yengil sanoatning ulushi 26 foizni tashkil etadi.