https://oz.sputniknews-uz.com/20220427/ottizinchi-aprel-kuni-umumxalq-xayriya-hashari-otkaziladi-24243240.html
Oʻttizinchi aprel kuni umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi
Oʻttizinchi aprel kuni umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi
Hashar Mahalla obodligi — yurt farovonligi" shiori ostida boʻlib oʻtadi. 27.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-27T16:49+0500
2022-04-27T16:49+0500
2022-04-27T16:49+0500
jamiyat
hashar
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/02/15916352_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_206166b19097e6ff370978f3d630acd3.jpg
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda 30 aprel kuni umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi.Hashar Mahalla obodligi — yurt farovonligi" shiori ostida boʻlib oʻtadi. Undan sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsad qiltingan.Oʻzbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash Nuroniy jamgʻarmasi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, keng jamoatchilik ushbu hashar gʻoyasining tashabbuskori hisoblanadi.Hashar davomida mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, moʻʼtabar maskanlar, bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi. Obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari yanada faol olib boriladi. Umumxalq xayriya hashari doirasida aholining ehtiyojmand qatlamlari yanada faol qoʻllab-quvvatlanadi.Hashar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ehtiyojmand, koʻmakka muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan keksa va nogironligi boʻlgan fuqarolarning uy-joylarini yaxshilash va moddiy yordam koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratiladi.Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda bundan avvalgi umumxalq xayriya hashari 2021 yil 21 avgust kuni oʻtkazilgan edi.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/02/15916352_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_882abf726b3e11b17b7da1670ed15c09.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
hashar, oʻzbekiston
Oʻttizinchi aprel kuni umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi
Hashar Mahalla obodligi — yurt farovonligi" shiori ostida boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda 30 aprel kuni umumxalq xayriya hashari
oʻtkaziladi. Hashar Mahalla obodligi — yurt farovonligi" shiori ostida boʻlib oʻtadi. Undan sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsad qiltingan.
Oʻzbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash Nuroniy jamgʻarmasi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, keng jamoatchilik ushbu hashar gʻoyasining tashabbuskori hisoblanadi.
Hashar davomida mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, moʻʼtabar maskanlar, bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi. Obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari yanada faol olib boriladi. Umumxalq xayriya hashari doirasida aholining ehtiyojmand qatlamlari yanada faol qoʻllab-quvvatlanadi.
Hashar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ehtiyojmand, koʻmakka muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan keksa va nogironligi boʻlgan fuqarolarning uy-joylarini yaxshilash va moddiy yordam koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda bundan avvalgi umumxalq xayriya hashari 2021 yil 21 avgust kuni
oʻtkazilgan edi.