O‘zbekistonliklar Ramazon hayitida necha kun dam olishlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Namaz xayit v Tashkente
Prazdnovanie Namaz xayit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna bo‘lish
Prezident huzuridagi yig‘ilishda Ramazon hayiti munosabati bilan fuqarolarga 5 kun dam olishlari ma’lum qilindi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekistonliklar kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kun dam olishadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
“Kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham aholimizga yana 5 kunlik dam olish beriladi. Bu hududlarda ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat. Endi ushbu ishlarni faqat bayramlar arafasida emas, balki yil davomida tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha yangi tartibni joriy etamiz”, - dedi prezident.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi Navro‘z bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangani, 250 ta mehmonxona va muzeylar aholiga chegirma bergani, ziyorat obyektlari bepul qilingani ichki turizm uchun katta turtki bergan. Bu orqali Buxoro va Samarqandga qo‘shimcha 110 ming mahalliy turistlar bordi.
Ta’kidlanishicha, 2022-yildan boshlab barcha davlat tashkilotlari xodimlari uchun yiliga bir marta mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan 2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari va ayrim dam olish kunlarini boshqa kunga ko‘chirish belgilangan.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qo‘yidagi tartibda ko‘chirilgan.
7 maydan (shanba) 4-mayga (chorshanba);
14 maydan (shanba) 5-mayga (payshanba).
Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun bu kunlar qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘ladi.
Aniq sanalar prezident Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Bu yilgi Ramazon hayiti 2-mayga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0