Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Buyuk Britaniya bayonotiga javob qaytardi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishZdaniye Ministerstva oboronы RF v Moskve, gde proxodit vstrecha ministra oboronы RF Sergeya Shoygu i ministra oboronы Velikobritanii Bena Uollesa.
Zdaniye Ministerstva oboronы RF v Moskve, gde proxodit vstrecha ministra oboronы RF Sergeya Shoygu i ministra oboronы Velikobritanii Bena Uollesa. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Mudofaa vazirligi: shunga oʻxshash harakatlarga zudlik bilan bizning proportsional javobimizga sabab boʻladi.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri oʻrinbosari Jeyst Hippining Kiyev tomonidan Rossiya hududiga zarba berilishi toʻgʻrisidagi bayonotini provokatsiya deb atadi.
“Londonning Kiyev rejimini shunga oʻxshash harakatlarga toʻgʻridan-toʻgʻri undashi va ularni amalga oshirishga urinish boʻlgan taqdirda zudlik bilan bizning proportsional javobimizga sabab boʻladi. Rossiya Qurolli kuchlari uzoq masofani moʻljalga oluvchi yuqori aniqlikdagi qurol bilan Kiyevdagi tegishli qarorlarni qabul qiluvchi markazlarga zarba berish uchun tunu kun shay turibdi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri oʻrinbosari Ukraina qoʻshinlarining London taqdim etgan qurol-yarogʻlardan Rossiyadagi obʼyektlarni oʻqqa tutish uchun foydalanishi “muammo boʻlmasligini” maʼlum qilgan edi.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda. 25 martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini taʼkidlagan.
Yangiliklar lentasi
0