Jamiyat

“Utair” Tyumen va Surgutdan Toshkentga yangi reysni yoʻlga qoʻyadi

© SputnikSamolyot aviakompanii "YUTeyr". Arxivnoye foto
Samolyot aviakompanii YUTeyr. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tyumendan Toshkentga parvozlar 28 aprel, Surgutdan esa 5 maydan boshlab amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasining bahor-yoz jadvaliga koʻra, Oʻzbekistonga 2 ta yangi reys yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda aviakompaniya xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Tyumendan Toshkentga parvozlar 28 aprel, Surgutdan esa 5 maydan boshlab amalga oshiriladi. Tyumen va Surgutdan samalyotlar Toshkentga har payshanba kunlari uchadi.
Shuningdek, aviakompaniya Moskvadan Toshkentga har kunlik parvozlarni davom ettirmoqda.
“Kompaniya shu yilning bahor-yoz jadvalida 100 dan ortiq yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq “Rossiya” aviakompaniyasi 2 maydan boshlab Moskvadan Buxoro, Samarqand, Urganch shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0