Kolumnistlar

"Aktivlarini musodara qilish": AQSH oʻz maqsadlari uchun qancha Rossiya pulini sarflashi mumkin

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishDollarы SSHA.
Dollarы SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
QSH Kongressi muzlatilgan Rossiya mablagʻlaridan Ukrainani qoʻllab-quvvatlashga ruxsat beruvchi qonun loyihasini maʼqulladi. Pullar Ukrainaga yetib keladimi?
TOSHKENT, 29 apr - Sputnik, Mixail Katkov, Alena Kazakova. Amerikaliklar hibsga olingan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga yordam berish uchun ikki million dollar yuborishga qaror qilishdi. Bu AQSH tomonidan birovning mulkini ilk bor tortib olish emas: Afgʻonistondan 7 milliard, Erondan - undan ham koʻp mulk tortib olingan. Vashington ishtahaga kirsa, Moskva koʻp narsani yoʻqotishi mumkin.
Majburiy yordam
AQSH Kongressining Vakillar palatasi muzlatilgan Rossiya mablagʻlaridan Ukrainani qoʻllab-quvvatlash va “Rossiyani demokratlashtirish” uchun foydalanishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini maʼqulladi (417 kongressmen yoqlab, sakkiz nafari qarshi ovoz bergan).
Dastlab uchun ular prezident Jo Baydenni sanktsiyalar ostida hibsga olingan hashamatli buyumlarni sotishga chaqirishdi, deb yozadi The New York Times. Toʻgʻri, aktiv egalarini ushbu harakatlarga eʼtiroz bildirish huquqidan mahrum qiluvchi qonun loyihasi oʻtmadi, lekin quvonishga hali erta.
Bayden rossiyalik oligarxlarga qarshi kurashish uchun Kongressga takliflar paketini yuborayotganini aytdi. "Biz ularni toʻplagan pullaridan mahrum qilish uchun hamma narsani qilamiz... Mulkni tortib olish va musodara qilishning yangi mexanizmlari yaratiladi. Biz, oligarlar aktivlarni sotishda tushgan mablagʻ toʻgʻridan-toʻgʻri Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplashga yuborilishi uchun biz hamma narsani qilamiz”, dedi Bayden.
Bundan tashqari, Davlat departamenti Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Moskva Vashingtonning barcha qarorlariga, hattoki bunday "ahmoqona" qarorlariga ham javob berishga vaʼda berdi.
Aprel oʻrtalarida AQSH milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan muzlatilgan aktivlar rossiyalik tadbirkorlarga qaytarilmasligini aytdi. Shu bilan birga, uning oʻzi buni "qoʻlga kiritish" deb tasniflagan.
Bu yoʻlda Vashington, katta ehtimol bilan, ikki million bilan cheklanmaydi. Amerikaliklar Rossiya Markaziy bankiga tegishli boʻlgan uch yuz milliard dollarni ham muzlatib qoʻyishgan. Ushbu mablagʻlar Federal Rezerv tizimi hisob raqamlarida.
Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Oq uy ularni Kiyevga qanday joʻnatish masalasini koʻrib chiqayotganini yashirmaydi. Bunga hozircha ayrim huquqiy normalar toʻsqinlik qilmoqda.
Zelenskiyning ishtahasi yanada katta: u Rossiya Markaziy banki va milliarderlarning mablagʻlaridan 400 milliard dollarga umid qilmoqda.
Kuppa-kunduz kuni amalga oshirilayotgan talonchilik
Oʻtgan yili rasmiy hukumat Tolibondan qochib ketganda, amerikaliklar Afgʻonistonning 7 milliard dollarini muzlatib qoʻygan edi. Ular bu Kobulga bosim oʻtkazish uchun diplomatik dastak boʻlib xizmat qilishini aytishgan.
Mablagʻlarning bir qismi 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktdan jabrlangan oilalarga kompensatsiya toʻlash uchun yuborilgan, qolgan qismi gumanitar yordamga yoʻnaltiriladi. Tolibon buni talonchilik deb atadi, ammo Vashington umuman xijolat tortmadi. Ular buni AQSH va ittifoqchilarning Afgʻoniston iqtisodiyotiga yigirma yillik sarmoya kiritganini roʻkach qilishdi.
Hatto BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham bu pulni qaytarishni talab qilgan edi, chunki mamlakat oʻta qaltis vaziyatda qolgan edi.
Bundan tashqari, amerikaliklar Afgʻonistonga xuddi shu yetti milliardga loyiq harbiy texnika tashlab ketishgan, CNN xabariga asosan. AQSH chiqib ketganidan soʻng, Pentagonning qonunchilarga bergan hisobotiga koʻra, harbiy samolyotlar va transport vositalari, qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va aloqa vositalari Tolibon* qoʻliga oʻtgan.
Eronga esa - hech narsa berilmagan. 1979 yilgi Islom inqilobidan keyin muzlatilgan aktivlar 100-120 milliard dollarga baholanmoqda. Bundan tashqari, mablagʻlar nafaqat AQShda, balki Xitoy, Janubiy Koreya, Lyuksemburg, Yaponiya va Iroqda ham mavjud. Uning asosiy qismi neftdan olingan daromadlar.
Erondagi inqilob natijasida Vashingtonga doʻst boʻlgan Shoh Muhammad Pahlaviyni agʻdardi. AQShning Tehrondagi elchixonasi egallab olindi, 66 nafar amerikalik garovga olindi. Ulardan oxirgisi 1981 yil oxirida qamoqdan chiqarilgan.

Sudsiz soʻroqsiz - pullar tortib olindi

"AQShning bunday hatti-harakatlari hech qanday xalqaro huquq normalarida belgilanmagan. Shubhasiz, ular ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini bundan keyin ham davom ettiradi. Ilgari mumkin emas boʻlib tuyulgan qadamlar qoʻyilmoqda, - deydi xalqaro huquqshunos Dmitriy Romanenko. - Albatta, bunga javob choralari ham boʻladi. Rossiya oʻz hududidagi AQShning jismoniy va yuridik shaxslariga tegishli aktivlarini hibsga olish huquqidan foydalanishi mumkin”.
Huquqshunos "Kongress qaroriga biror xalqaro sud tomonidan eʼtiroz bildirilishiga shubha bilan qaraydi, chunki Rossiyaga bosim oʻtkazish uchun ular xalqaro sudlarga ham bosim oʻtkazishga tayyor" deb hisoblaydi.
Rossiya Fanlar akademiyasining AQSH va Kanada tadqiqotlari instituti bosh ilmiy xodimi Vladimir Vasilev, “Rossiyaning muzlatilgan uch yuz milliard dollaridan foydalanish gʻoyasi Kiyevda bildirilgan, keyin esa Vashingtonda koʻtarilgan”, deb taʼkidlaydi.
Buning uchun maʼlum huquqiy toʻsiqlar borligi maʼlum boʻldi. Hisoblarni muzlatish boshqa narsa, "ular uchun mavjud boʻlgan mablagʻlarni sarflash boshqa narsa. Buning uchun milliy hokimiyat yoki sud organlari etarli emas". Uning soʻzlariga koʻra, bunday holat hech qachon sodir boʻlmagan.
“Ha, bu Afgʻoniston bilan bogʻliq vaziyatni eslatadi, ammo "Tolibon*" taqiqlangan terrorchi tashkilot. Buni yarim pretsedent deb hisoblash mumkin. Odatda, Erondagi kabi mablagʻlar muzlatiladi, keyin ularni qaytarish masalasi hal qilinadi. Yoki bu aktivlar cheksiz muddatga, iqtisodiy kompensatsiya uchun foydalaniladi”, deya qoʻshimcha qiladi ekspert.
Rossiya pullari ukrainalik qochqinlarni qabul qilgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ham oʻtkazilishi mumkin. Shu bilan birga, RIA Novosti suhbatdoshi ushbu mablagʻlar maqsadli sarflanishiga shubha qilmoqda.
"Amerikaliklar uch yuz milliardni sarf qilishlarini darhol eʼlon qilishga biroz xavfsirashmoqda. Bu "xamir uchidan patir xolos", ular sekin-sekin boʻlaklarga boʻlib ushbu mablagʻni ishlatib yuborishmoqchi. Ana shunda u nisbatan qonuniy koʻrinishi mumkin.
"Hozir ular dastlabki transhni Ukrainaga joʻnatishadi. Insonparvarlik yordami yoki boshqa narsa koʻrinishida. Keyin sekin-asta uning miqdorini oshirib borishadi va xalq bunga koʻnikib qoladi”, - deydi Vasilev.
Vashington jahon moliyaviy amaliyotida oʻta xavfli pretsedent boshlamoqda. Bundan soʻng hech bir davlat oʻz jamgʻarmalari xavfsiz ekanligiga ishonmaydi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0