Iqtisod

Oʻzbekistonga eng koʻp avtomobil qaysi davlatdan olib kelindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishAvtomobili
Avtomobili - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.
TOSHKENT, 29 apr — Sputnik. 2022 yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 189,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Xabarday qayd etilishicha, yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar top beshligi:
Xitoy – 4482 ta;
Koreya – 2101 ta;
Qozogʻiston – 1019 ta;
Rossiya – 741 ta;
AQSH – 70 ta.
Bundan tashqari, mamlakat Yaponiya (27 ta), Germaniya (23 ta), Tailand (10 ta) BAA (9 ta) va Gonkong (7 ta)dan ham yengil avtomobil import qilgan.
Maʼlumot uchun, soʻnggi 4 yilda Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 1,8 barobar, eksport hajmi esa 2,7 barobar oʻsdi. Biroq, bu mahalliy avtomobillar uchun uzun navbatlardan xalos boʻlishga yordam bermadi.
Biroz oldin avtosanoatni rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan majlisda, prezident Shavkat Mirziyoyev 1 mayga qadar navbatlardan xalos boʻlishni topshirgan edi. Buning uchun birinchi yarim yillikda korxona kamida 160 ming dona, yil oxiriga qadar esa 275 ming dona avtomobil ishlab chiqarishi kerak.
Bundan tashqari, mutasaddi idoralar tomonidan import qilinadigan avtomobillar uchun bojxona toʻlovlarini 30 foizdan 15 foizga, avtomobil narxini kamida 5 foizga, UzAuto Motors mahsulotlari uchun oldindan toʻlovni 85 foizdan 50 foizga kamaytirishga qaror qilindi.
Yangiliklar lentasi
0