Jamiyat

Oʻzbekiston Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi

© UzAGumanitarnaya pomoщ Afganistanu
Gumanitarnaya pomoщ Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston Afgʻonistonga 58 ta vagon insonparvarlik yordami joʻnatdi.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun Oʻzbekistonning birodar afgʻon xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami 58 ta vagondan iborat ezgulik poyezdida Termiz shahridagi "Ayritom" chegara oʻtkazish punkti orqali qoʻshni mamlakatga joʻnatildi.
Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Shu munosabat bilan ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” insonparvarlik yordami tarkibida quyidagilar oʻrin olgani maʼlum qildi:
▫️16 ta vagonda 1000 tonna un maxsuloti;
▫️5 ta vagonda guruch mahsuloti
▫️1 ta vagonda 12 ming dona ikra;
▫️1 ta vagonda 9679 quti shokolad, pechenye;
▫️1 ta vagonda 16 156 banka murabbo;
▫️1 ta vagonda 70 000 qadoqda dori-darmon;
▫️1 ta vagonda 100 ming dona vaktsina, 100 ming dona kovid-test, 20 ming dona kiyim-kechak, 10 tonna yogʻ;
▫️2 ta vagonda 6600 quti lapsha mahsuloti;
▫️1 ta vagonda 103 716 dona dori-darmon;
▫️29 ta vagonda 2000 tonna bugʻdoy.
Yangiliklar lentasi
0