Jamiyat

"Eng katta boylik - bilim va tarbiya". Prezident tabrigi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra promыshlennosti i torgovli RF Denisa Manturova
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra promыshlennosti i torgovli RF Denisa Manturova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezident oʻzining Ramazon tabrigida bilim va tarbiyani eng katta boylik deb atadi.
TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzining Ramazon hayiti munosabati bilan eʼlon qilingan tabrik soʻzida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash oʻta muhim ahamiyatga ega ekanini aytib oʻtdi.
"Hech qachon unutmaylik, dunyodagi oʻtda yonmaydigan, suvda choʻkmaydigan eng katta boylik bu – bilim va tarbiyadir.
Bu borada boy milliy anʼanalarimiz asosida shakllangan oʻzbekona tarbiya bilan birga bizga yaqin doʻst va xayrixoh boʻlgan davlatlardagi ilgʻor hamda zamonaviy taʼlim tajribalaridan oqilona foydalansak, koʻzlagan ulugʻ maqsadlarimizga albatta yetamiz", - dedi prezident tabrik soʻzida.
Shavkat Mirziyoyev, oʻz tabrik soʻzida ham oʻzbekistonlik ham dunyoning boshqa davlatlaridagi musuulmonlarni qayd etib oʻtdi.
"Fursatdan foydalanib, dunyoning uzoq va yaqin mamlakatlaridagi barcha musulmonlarni Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va ravnaq tilaymiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev
<...> Muhtaram yurtdoshlarim! Sizlarni, butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Bayram shukuhidan qalblarimiz yanada nurafshon boʻlsin!", - dedi prezident.
Shavkat Mirziyoye oʻz soʻzida bu yilgi Ramazon bayrami “Inson qadri va manfaatlari uchun” gʻoyasi ostida oʻtayotganini va respublikada "Yangi Oʻzbekiston" taraqqiyot strategiyasi asosida keng koʻlamli ijtimiy, iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotganini hamda madaniy va diniy qadriyatlar tiklanayotganini qayd etib oʻtdi.
Xususan, ziyoratgohlar obodonlashtirilayotgani - batafsil aytib oʻtildi: Buxoroda – yetti ulugʻ pir, Surxondaryoda – Imom Termiziy ziyoratgohlari, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy, Toshkent viloyatida – Zangi ota, Namanganda – Sulton Uvays Qaraniy, Toshkent shahrida – Suzuk ota yodgorlik majmuasi kabi moʻʼtabar maskanlar har tomonlama obod qilingan.
Eslatib oʻtamiz, prezident farmoni bilan bu yilgi Ramazon hayiti bayrami Oʻzbekistonda boshqa dam olish va bayram kunlariga ulanib ketgan. Natijada 1-9 may oraligʻida Oʻzbekistonda uzuluksiz 5 (yoki 6) kun dam oliish kunlari boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0