Migratsiya

Mehnat migrantlari oila aʼzolariga 1 maydan qanday yordam koʻrsatila boshlanadi?

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishRabochiy na stroitelnoy ploщadke
Rabochiy na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Moddiy yordam har yili bir marotaba hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan koʻrsatiladi.
TOSHKENT, 3 may - Sputnik. Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila aʼzolariga 1 may sanasidan boshlab bir martalik moddiy yordam koʻrsatila boshlaydi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiya agentligi xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, moddiy yordam har yili bir marotaba hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan koʻrsatiladi.
Moddiy yordam olish uchun asooslar:
boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan oilalarga BHMning 2 baravari (540 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 350 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekistonda ular bilan birga yashovchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanma beriladi.
Shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki “daftarlar”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar beriladi.
Maʼlumot uchun, Tashki mehnat migratsiyasi agentligi Oʻzbekiston fuqarolariga xorijiy davlatlarda ish oʻrinlari topishda, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga turli kerakli yordam koʻrsatish maqsadida tashkil qilingan. Agentlik, shuningdek, xorijda ogʻir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yuridik va moddiy yordam koʻrsatish, kerak boʻlganda vataniga qaytarish kabi faoliyat bilan shugʻullanadi.
Yangiliklar lentasi
0