Hodisalar

Mitishidagi yongʻinda oʻzbekistonliklar fuqaroni qutqarishga urinib halok boʻlishgan

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonliklar yordamga chaqirgan erkakni qutqarish uchun uning uyiga liftda koʻtarilishmoqchi boʻlishgan
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Moskva viloyati Mitishi shahrida ikki nafar Oʻzbekiston fuqaro yongʻin oqibatida halok boʻldi.
Rossiyaning Moskva viloyati boʻyicha tergov qoʻmitasi Sputnik muxbiriga bu ikki oʻzbekistonlik fuqaroni yongʻindan qutqarishga urinish paytida halok boʻlganini tasdiqladi.
Xonadondagi yongʻin sigareta qoldigʻi oʻchirilmagani sabab yuzaga kelgan. Uygʻonib ketgan va yongʻinni koʻrgan uy egasi oynadan yordam soʻrab baqirgan. Ikki oʻzbekistonlik oʻtib ketayogan boʻlishgan va erkakning chaqiriqlarini eshitishgan. Keyin ular erkakning uyiga uni qutqarish uchun chiqishmoqchi boʻlishgan. Chiqayotib liftda ichida qamalib qolishgan va havo yetishmasligi oqibatida qurbon boʻlishgan.
Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109 moddasi 3 qismi bilan (Ehtiyotsizlik orqasida ikki va undan ortiq odam oʻldirish) jinoiy qoʻzgʻatilgan.
Ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi yongʻinda qurbon boʻldi
Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda ularning jasadlarini vatanga qaytarish choralarini koʻrmoqda.
Yangiliklar lentasi
0