Dunyoda

"NATOning vovvullashi" Ukraina voqealariga olib keldi - Rim papasi

© Sputnik / Aleks Pantsikov / Fotobankka oʻtishPapa rimskiy Frantsisk
Papa rimskiy Frantsisk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rim papasi Frantsisk aytishiga koʻra, NATOning Rossiya chegaralari yaqinida "vovvulashi" Kremlni Ukrainada maxsus operatsiya boshlashiga olib kelgan.
TOSHKENT, 4 may — Sputnik. NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi harakatlari Ukrainada maxsus operatsiya boshlanishiga olib kelgan boʻlishi mumkin, dedi Rim papasi Frantsisk Italiyaning Corriere della Sera nashriga.

"Ehtimol, NATOning Rossiya chegaralari yaqinida vovvullashi Kremlning ana shunday reaktsiyasiga olib kelgan. Uning jahlini aynan nima chiqarganini aytish qiyin, lekin bu ham sabablardan biri boʻlgan boʻlishi kerak", - dedi Frantsisk.

Pontifik Ukrainaga qurol yetkazib berish toʻgʻrimi-yoʻqmi degan savolga javob berishga qiynaldi, lekin qurollanish poygasiga qarshi ekanini bildirdi.
"Urushlar biz ishlab chiqargan qurollarimizni sinovdan oʻtkazish uchun uyushtiriladi. Ispaniyadagi fuqaro urushi vaqtida ham shunday boʻlgan, Suriya, Yaman, Iroq va Afrikada ham birin-ketin urushlar boʻlmoqda. Ularning barchasining ortida xalqaro manfaatlar turibdi", - dedi Frantsisk.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25 martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0