Dunyoda

“Sholts kolbasa emas” – Bundestag Ukraina elchisini chiqarib yuborishni talab qilmoqda

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishVыborы v Bundestag
Vыborы v Bundestag - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina elchisi teleefirda Germaniya kantslerini Ukrainaga tashrifini bekor qilgani uchun "xafa boʻlgan jigar kolbasa" deb atagan edi.
TOSHKENT, 4 may – Sputnik. Bundestag deputati Sevim Dagdalen Ukraina elchisi Andriy Melnikni Olaf Sholtsni haqorat qilgani uchun Germaniyadan chiqarib yuborishni talab qildi, deb yozmoqda Die Welt nashri.

“Kim ushbu natsizm tarafdorini hoziroq mamlakatdan chiqarib yuborish tarafdori boʻlmasa, oʻz obroʻyini yoʻqotgan boʻladi”, - deb yozgan siyosatchi oʻz Twitterida.

Erkin Demokratik partiya (EDP) vitse-prezidenti Volfgang Kubiski ham Germaniya kantsler tarafini oldi.
“Olaf Щolts kolbasa emas, u Germaniya Federativ Respublikasi kantsleri va Melnik buni hurmat qilishi kerak”, dedi u.
Xristian Demokratik Ittifoqi (XDI) fraktsiyasi raisi oʻrinbosari Iogann Vadedful ham oʻz navbatida, Melnikning soʻzlarini va ohangini nooʻrin va asossiz deb atadi, chunki bu Ukraina bilan birdamlikni mustahkamlashga hissa qoʻshmaydi.
"Bunday ogʻir vaziyatda ham diplomatik vakillar nemis rasmiylariga nisbatan oʻzini toʻgʻri tutishi kerak. Melnikning bayonotlari Ukrainaga yordam bermaydi", - deya taʼkidladi siyosatchi.
Biroz oldin, AnneWill telekanali efirida Ukraina elchisi Germaniya kantsleri Olf Sholtsni "xafa boʻlgan jigar kolbasa" deb atagan edi.
Ukraina Germaniyadagi elchisi oʻzining nodiplomatik chiqishlari bilan mashhur boʻlgan. U bir necha bor Berlindan Kiyevni qurol-yarogʻ bilan taʼminlashni, Yevropa Ittifoqi Rossiya energiya manbaalariga embargo qoʻyishni talab qilgan edi. Shuningdek u ruslarni dushman deb bilishini tan olgan edi.
Melnik, shuningdek, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni Rossiya bilan “chambarchas bogʻliqlikda” ayblagan edi. Aynan shu sababli prezident Zelenskiy Germaniya prezidentini Kiyevda qabul qilishdan bosh tortgan va bu oʻz navbatida Sholts tashrifining bekor qilinishiga olib kelgan edi.
Olaf Sholts Kiyevga kelishdan bosh tortdi
Nemis ommaviy axborot vositalari Ukraina elchicining soʻzlariga eʼtibor berib, aksariyat hollarda uning layoqatsizligini taʼkidlagan.
Yangiliklar lentasi
0