Kolumnistlar

Rim papasi nima uchun “NATOning akillayotgani”ni eslatib qoʻydi?

© AP Photo / Remo CasilliPapa Frantsisk sovershayet Svyatuyu Messu dlya veruyuщix jiteley Myanmы v Vatikane
Papa Frantsisk sovershayet Svyatuyu Messu dlya veruyuщix jiteley Myanmы v Vatikane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Katoliklar va pravoslavlar ming yillik qarama-qarshiliklarga qaramay, bugun koʻp jihatdan ittifoqchilar boʻlib chiqdi. Chunki ularning ikkisi ham diniy, anʼanaviy qadriyatlarni himoya qiladi, oila va insoniyatning anʼanaviy vadriyatlarini hurmat qiladi.
Rim pontifigi Frantsisk Ukrainaga qurol yetkazib berish kerakligiga shubha bildirdi. Hatto “NATOning Rossiya chegarasi yaqinida vovullashini” ham toʻqnashuvga va Putinning munosabatiga sabab boʻlganini ham istisno etmasligini bayon qildi. Buni Rim Papasi Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida aytdi va Gʻarb olamini hayratga soldi.
“Men NATOning Rossiya eshiklari oldida akillagani Kreml hukmdori xurishlarga yomon munosabatda boʻlishga va mojaroga kirishishga sabab bщlganini istisno etmayman.<...> Bu gʻazab atayin qoʻzgʻatilganmi, yoʻqmi bilmayman. Buni oʻzimdan tez-tez soʻrayman. Ammo kimdir bu gʻazabni kuchayishiga yordam bergani aniq”.
Gap katolik olami (eʼtiqod qiluvchilarning soni 1,2 milliard) rahbarining toʻsatdan Rossiyani qoʻllab – quvvatlashga oʻtgani haqida emas – albatta, yoʻq. Frantsisk urushni qoralaydi va hatto Rossiya prezidentini qoʻshinlarni toʻxtatishga ishontirish uchun Moskvaga tashrif buyurishni istayotganini ham aytdi. Ammo Rossiyani ayblayotgan Rim papasi bir vaqtning oʻzida Gʻarbni ham urushda ayblayapti.
Bu esa Rossiyani nafaqat yakkalab qoʻyish, balki magʻlub qilish zarurligini aytgan anglo-sakson rahbarlarining manfaatlariga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi. Bundan tashqari, AQSH rahbariyatida tarixda birinchi marta uchta katolik - Jo Bayden va vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi yuqori lavozimni egallab turibdi. Gap ularning qanchalar eʼtiqodli inson va namunali katolik ekanliklarida ham emas. Gap shundaki, ular ommaviy ravishda papa Frantsiskning yuqori obroʻ-eʼtiborini doimo tan olgan.
Shundan aniq boʻladiki, katolik cherkovi rahbari faqat Rossiyani yakkalash aybi bilan chiqmayapti, balki bu toʻnashuvda Gʻarbning ham aybi borligini aytmoqda.
Aslida Vatikanning pozitsiyasi hayratlanarli emas - umuman Vatikan va papa Frantsisk ham anchadan buyon globalizatsiyaning anglo-saksoncha turini qoʻllab-quvvatlab keladi. Katolik cherkovining butun dunyo boʻyicha oʻz loyihasi bor, anglo-sakson loyihasi esa protestant messianizmidan kelib chiqqan. Va Frantsiya inqilobidan buyon u katoliklarni muvaffaqiyatli tarzda siqib chiqarib kelyapti. Bu birinchi navbatda ayniqsa Ikkinchi Jahon urushidan beri pozitsiyasi sustlashib ketayotgan Vatikanda sodir boʻlyapti.
Oqibatda katolitsizm oxir-oqibat protestantizm bilan emas, balki har qanday diniy qadriyatlarni rad etadigan va oʻta qudratli odamga sigʻinadigan aksilxristianlik postgumanizmi bilan almashtiriladi.
Frantsiskning “erkin bozor”ni doimiy tanqid qilishi, bozor kapitalizmining “sehrli nazariyalari” muvaffaqiyatsizlikka uchraganini bot-bot takrorlashi, hozirgi zamonning faqat ozchilikni boy qiladigan, qashshoqlikni koʻpaytiradigan tizim oʻrniga adolatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga chaqirishi bejizga emas. Papaga Gʻarbning oʻz ustunligiga oʻta qattiq ishonishi yangi “salib yurishlarini” tashkillashtirib boshqa xalqlar va tsivilizatsiyalarga oʻrgatish va jazolashga haqqim bor deb oʻylashi ham yoqmaydi. Bundan tashqari, papa Frantsisk pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlash uchun Ispaniyaning Cadena COPE radiosiga bergan intervyusida oʻz yoqtirgan iqtibosni keltirgan:
“Tashqaridan birovning qadriyatlarini singdirishdek masʼuliyatsiz siyosatni, oʻzgalarning tarixiy, milliy, diniy va boshqa qadriyatlarni mensimasdan oʻz demokratiya modellarini oʻrnatishni toʻxtatish kerak”.
Papaning maʼlum qilishicha, bu u “dunyodagi eng buyuk davlat arboblaridan biri” deb atagan Angela Merkelning soʻzlari. Va bu soʻzlar AQSH Afgʻonistondan qoʻshin olib chiqqanidan keyin dunyoga yuzaga kelgan vaziyatga uning munosabatini ham bildiradi. (aynan bu haqida ham undan soʻrashgandi).
Iqtibos rostdan ham yaxshi, biroq gap shundaki buni kantsler emas, balki kantslerni Moskvada kutib olgan Vladimir Putin aytgan edi. Va buni u faqat Afgʻoniston haqida emas, balki bir necha marotaba taʼkidlagan.
Yaʼni Moskva va Vatikanning anglo-sakson globallashuviga munosabatlari koʻringanidan ancha yaqinroq. Va bular faqat “global yaxshilik” kuchlarining qattiq buyruqlariga qarshi boʻlgani uchun emas.
Balki katoliklar va pravoslavlar farqlar va oʻz davrida katolik Gʻarb tomonidan “pravoslav sxizmatiklar”ning ming yillik qarama-qarshiliklarga qaramay, bugungi kunda koʻp jihatdan ittifoqchilar boʻlib chiqdi. Chunki ular diniy, anʼanaviy qadriyatlarni himoya qiladi, oila, insoniyaning anʼanaviy turmush tarzi, adolati va xilma-xilligini hurmat qiladi.
Iyezuit Bergolio insoniyat tsivilizatsiyalarining murakkabligi va xilma-xilligi himoyachisimi? Ha, bu baʼzilar uchun paradoks boʻlib tuyulishi mumkin. Ammo umumiy insoniylikdan chiqishni koʻzlagan rejalarini “erkinlik va demokratiya” taʼlimoti deb niqoblagan kuchlarga qarama-qarshi turib Vatikan muqarrar ravishda barrikadalarning bir tomonida Muqaddas Rus bilan qoladi. Tarixning gʻalatiligimi? Yoʻq, uning yangi burilishi degani. Unda kechagi murosasiz raqiblar yaqinlashib kelayotgan falokatni birgalikda toʻxtatish uchun oʻz kelishmovchiliklarini chetga surib qoʻyishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0