G‘arbda “Rossiyaga berilgan qaqshatqich zarba” muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olishdi

© REUTERS/ Francois LenoirJenshina pod zontom radom s flagom YeS
Jenshina pod zontom radom s flagom YeS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Obuna bo‘lish
Daily Express: Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalari Yevropa iqtisodiyotiga zarba berishi mumkin.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Rossiyaning elektr resurslariga embargo joriy etishdan yagona jabrlanuvchi Yevropa ittifoqi bo‘ladi, chunki Moskva uchun Osiyo bozorlari haligacha ochiq, deyiladi “Daily Express” maqolasida.
“Brussel Rossiya neftini Yevropaga yetkazib berishni taqiqlash Rossiya iqtisodiyotiga qaqshatqich zarba beradi deb umid qilmoqda. <…> Ammo Rossiya Sharqdagi hamkorlar bilan savdo-sotiqni davom ettirmoqda, Osiyoga neft va gaz quvurlari tarmoqlarini kengaytirish evaziga daromad sezilarli ko‘payadi”, - deyiladi maqolada.
Maqola muallifi Rossiyaning Xitoy va Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi amaldagi va bo‘lajak gaz quvurlari, Hindiston, Yaponiya va Janubiy Koreyaga neft sotilayotgani hamda Pokistonga suyultirilgan tabiiy gaz eksport qilinayotganini eslatgan.
Ta’kidlanishicha, bu shartnomalar Rossiyaga Yevropa bilan savdo aloqalari uzilishi sabab yuzaga keladigan iqtisodiy zarbalarni yumshatishga yordam beradi.

Mavzuga oid:

G‘arbning "iqtisodiy bliskrigi" amalga oshmadi - Putin
Yevropa Rossiya gazisiz bir hafta ham yashay olmaydi
Argentina TIV: Rossiyaga qarshi sanksiyalar samarasiz
Yangiliklar lentasi
0