Vengriya bilan iqtisodiy, siyosiy va gumanitar hamkorlik kuchaytiriladi

© MID UzbekistanaVstrecha s delegatsiya MID Vengrii
Vstrecha s delegatsiya MID Vengrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Obuna bo‘lish
Vengriya bilan xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilishga, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga va kelajakda oliy darajada uchrashuv o‘tkazishga kelishib olindi.
TOShKENT, 5-maya - Sputnik. Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Vengriya Peter Siyarto 4-may kuni Toshkentga tashrif buyurdi. Toshkentda Siyarto O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
Uchrashuvda TIV rahbarlari xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish hamda oliy darajadagi muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlashdi.
Shuningdek madaniy-gumanitar hamkorlik, ayniqsa, ta’lim sohasidagi aloqalarning yuqori surati qayd etildi. Vengriya tomoni o‘zbekistonlik talabalarning mamlakat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun qo‘shimcha stipendiyalar ajratilishini ma’lum qildi.
© MID UzbekistanaVstrecha s delegatsiya MID Vengrii
Vstrecha s delegatsiya MID Vengrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Vstrecha s delegatsiya MID Vengrii
Ikki Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini 2022-yilda o‘tkazish zarurligi ma’lum qilindi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston-Vengriya Hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.
© MID UzbekistanaVstrecha s delegatsiya MID Vengrii
Vstrecha s delegatsiya MID Vengrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Vstrecha s delegatsiya MID Vengrii
Vengriya tomoni O‘zbekistonning mintaqada barqarorlikni mustahkamlash va Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
BMT, Yevropa Ittifoqi, YXHT va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanlgi bildirildi.
Turli darajalarda bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi
© MID UzbekistanaVstrecha s delegatsiya MID Vengrii
Vstrecha s delegatsiya MID Vengrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2022
Vstrecha s delegatsiya MID Vengrii
Yangiliklar lentasi
0