Iqtisod

Avtomobil ishlab chiqarish keskin ortdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s texnologicheskim protsessom na zavode ADM Jizzakh
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s texnologicheskim protsessom na zavode ADM Jizzakh - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda avtomobillar statistikasi: eksport kamaygan, import va ishlab chiqarish keskin oshgan
TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Oʻzbekistonda yanvar-mart oylarida 68 905 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Ishlab chiqarish oshdi
Shundan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 24451 taga oshgan.
Eksport hajmi kamaydi
Shu yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Ozarbayjon, Tojikiston, Koreya va Livanga 58 dona yengil avtomobillarni eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8763 taga kamaygan.
Importhajmi oshdi
Yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 189,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Bundan tashqari, mamlakatga3 oyda 455 ta elektromobil import qilingan.
Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0