Besh metrdan uzoqqa sakragan o‘zbek sportchisi Osiyo rekordini yangiladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov Sorevnovaniya po prijkam v dlinu, arxivnoe foto
 Sorevnovaniya po prijkam v dlinu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2022
Obuna bo‘lish
Para yengil atletika: “Italian Open 2022”da 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Italiyada para yengil atletika bo‘yicha “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning birinchi va ikkinchi kuni o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Birinchi kun
Musobaqaning dastlabki kunida erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarining T36 klassida Izzat Turg‘unov 5 metru 61 santimetr masofaga sakradi. U Osiyo rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Xuddi shu klassda Jamoliddin Akobirov 4 metru 26 santimetr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, ayollar o‘rtasida klab uloqtirish bo‘yicha F32 klassida Mahliyo Akramova 17 metru 69 santimetr natija qayd etdi va oltin medal egasiga aylandi.
Ikkinchi kun
Erkaklar o‘rtasida T13 klassida 100 metr masofaga yugurish bahslarida Doniyor Ahmedov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Xuddi shu masofaga T36 klassida yugurishda ishtirok etgan Izzat Turg‘unov ham oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Bundan tashqari, ayolllar o‘rtasida T11 klassida 100 metr masofaga yugurishda Asila Mirzayorova 3-natijani qayd etdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ayni damda delegatsiya hisobida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali mavjud.
Yangiliklar lentasi
0