Jamiyat

Elektrotexnika boʻyicha oʻquv dasturlari toʻliq qayta koʻrib chiqiladi

Pustoy klass - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kelgusi uch yilda elektrotexnika tarmogʻi uchun 4 ming nafar oliy va 14 ming nafar oʻrta maʼlumotli mutaxassislar zarur boʻladi.
TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Oʻzbekistondagioliygohlarning elektrotexnika boʻyicha oʻquv dasturlarini toʻliq qayta koʻrib chiqiladi. Bu topshiriq kecha boʻlib oʻtgan yigʻilishda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berildi.
Taʼkidlanishicha, zarur kadrlarni tayyorlash uchun bir oy muddatda Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa oliygohlarning elektrotexnika boʻyicha oʻquv dasturlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish topshirildi.
“Kelgusi uch yilda elektrotexnika tarmogʻi uchun 4 ming nafar oliy va 14 ming nafar oʻrta maʼlumotli mutaxassislar zarur boʻladi. Misol uchun, birgina Samarqandda ishga tushiriladigan korxonalarda 2022 yilda 1 ming 200 nafar mutaxassisga ehtiyoj mavjud”, - dedi davlat rahbari.
Shuning uchun Toshkent shahridagi Radiotexnika kolleji, Samarqand va Chirchiq xizmat koʻrsatish texnikumlari, Fargʻona elektrotexnika kolleji “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga biriktirilishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0