Jamiyat

Koʻp qavatli uylar holati maxsus tizim yordamida oʻrganiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNovostroyki v sergeliyskom rayone Tashkenta
Novostroyki v sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Koʻp qavatli turar joylarning holatini oʻrganish va maʼlumotlarni toʻplash maqsadida yangi tizim ishlab chiqildi.
TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Toshkentda koʻp qavatli turar joylarning holatini inventarizatsiya qilish va baholash uchun axborot tizimi yaratildi. Endilikda kommunal inspektorlar koʻp qavatli uylarni aylanib, tomlar, yertoʻlalar va fasadlarni suratga oladi. Uylarning holati boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar maxsus axborot tizimiga joylashtiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uylarni koʻzdan kechirish davomida uyning fasadi, yoʻlaklari, raqami, yoritish tizimi, noqonuniy qurilmalar va binoning boshqa parametrlari ham hisobga olinadi.
Inspektor “Garmoniya” manzillar reyestrida binoni tanlaydi. GPS tizimi inspektorning koordinatalarini aniqlaydi va ularni tekshirilayotgan uyning koordinatalari bilan taqqoslaydi.
Mezonlar boʻyicha maxsus tuzilgan savolnomani toʻldirgan inspektor har bir holatni besh balli tizimda baholaydi.
Agar koordinatalar va fotosuratlar mos kelsa inspektor kiritgan maʼlumotlar tasdiqlanadi. Administrator inspektorning barcha maʼlumotlarini tekshiradi va ularni tasdiqlaydi yoki baʼzi maʼlumotlarga aniqlik kiritishni soʻraydi. Tizimga binoni koʻzdan kechirmasdan, ofisda oʻtirgan holda maʼlumot kiritib boʻlmaydi.
Koʻp qavatli uylarni oʻrganish ishlarini taxminan uch oy ichida yakunlash rejalashtirilgan. Toʻplangan maʼlumotlar umumlashtiriladi va Toshkent xaritasiga kiritiladi. Aniqlangan kamchiliklar dolzarbligiga koʻra bartaraf etish boʻyicha optimal reja ishlab chiqiladi.
Tizim Toshkent hokimligi va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi hamkorligida ishlab chiqilgan.
Aytilishicha, poytaxtda turli yillarida qurilgan qariyb 12 000 ta koʻp xonadonli uy bor. Ulardan har biri eskirganlik darajasiga ega. Koʻp qavatli uylarning holati toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni umumlashtirishda yangi ishlab chiqilgan tizim qoʻl keladi.
Yangiliklar lentasi
0