https://sputniknews-uz.com/20220507/ozbekistonliklar-13-turdagi-kasalliklarga-qarshi-emlanyapti-24415971.html
Oʻzbekistonliklar 13 turdagi kasalliklarga qarshi emlanyapti
Oʻzbekistonliklar 13 turdagi kasalliklarga qarshi emlanyapti
Difteriya, koʻkyoʻtal, qoqshol, sil, virusli gepatit V, poliomiyelit, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, rotavirus, pnevmokokk, gemofilius inflyuentsa tip B (XIB)... 07.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-07T16:06+0500
2022-05-07T16:06+0500
2022-05-07T16:06+0500
jamiyat
emlash
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/14/21862767_0:157:3080:1890_1920x0_80_0_0_9664a50f9e68c135a6e265981eaaa5d1.jpg
TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Oʻzbekiston aholisi 13 turdagi kasalliklarga qarshi rejali emlanmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlim rahbari Dilorom Tursunova maʼlum qildi. Mutaxassisga koʻra, mamlakatda Milliy profilaktik emlash kalendari joriy etilgan. Unga muvofiq, 13 turdagi yuqumli kasalliklar — difteriya, koʻkyoʻtal, qoqshol, sil, virusli gepatit V, poliomiyelit, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, rotavirus, pnevmokokk, gemofilius inflyuentsa tip B (XIB) infektsiyasi, bachadon boʻyni saratoniga qarshi rejali vaktsinatsiya tadbirlari oʻtkaziladi.Profilaktik emlashlar uchun 3 ming 138 ta emlash punkti ajratilgan. Chaqaloqlarni silga va gepatit V ga qarshi emlash esa tugʻuruq komplekslarida amalga oshirilmoqda.Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlashlar bilan qamrab olish darajasi 95-98 foizni tashkil etgan. Mamlakatda 2003 yildan buyon emlashdan soʻng nojoʻya holatlar roʻyxatga olinmagan.“Muhimi, immunizatsiya tadbirlarining muntazam va samarali olib borilishi natijasida 1996 yildan buyon respublikamizda yovvoyi polioviruslar keltirib chiqaradigan poliomiyelit kasalligi tugatildi va Oʻzbekiston 2002 yilda “Poliomiyelitdan xoli hudud”, 2017 yilda esa “Qizamiq va qizilchaning 36 oylik eliminatsiyasiga erishgan hudud” nomli xalqaro sertifikatlarni olishga muvaffaq boʻldi”, - deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimi rahbari.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/14/21862767_176:0:2905:2047_1920x0_80_0_0_e260dda953d11d683fb6140b4505f378.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
emlash, oʻzbekiston
Oʻzbekistonliklar 13 turdagi kasalliklarga qarshi emlanyapti
Difteriya, koʻkyoʻtal, qoqshol, sil, virusli gepatit V, poliomiyelit, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, rotavirus, pnevmokokk, gemofilius inflyuentsa tip B (XIB) infektsiyasi, bachadon boʻyni saratoniga qarshi rejali vaktsinatsiya tadbirlari oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Oʻzbekiston aholisi 13 turdagi kasalliklarga qarshi rejali emlanmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlim rahbari Dilorom Tursunova
maʼlum qildi. Mutaxassisga koʻra, mamlakatda Milliy profilaktik emlash kalendari joriy etilgan. Unga muvofiq, 13 turdagi yuqumli kasalliklar — difteriya, koʻkyoʻtal, qoqshol, sil, virusli gepatit V, poliomiyelit, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, rotavirus, pnevmokokk, gemofilius inflyuentsa tip B (XIB) infektsiyasi, bachadon boʻyni saratoniga qarshi rejali vaktsinatsiya tadbirlari oʻtkaziladi.
Profilaktik emlashlar uchun 3 ming 138 ta emlash punkti ajratilgan. Chaqaloqlarni silga va gepatit V ga qarshi emlash esa tugʻuruq komplekslarida amalga oshirilmoqda.
“Aholini boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ushbu xastaliklarni kamaytirish, infektsiya oʻchoqlarini jilovlash va bartaraf etishda asosiy vosita hisoblanadi”, - deydi Dilorom Tursunova.
Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlashlar bilan qamrab olish darajasi 95-98 foizni tashkil etgan. Mamlakatda 2003 yildan buyon emlashdan soʻng nojoʻya holatlar roʻyxatga olinmagan.
“Muhimi, immunizatsiya tadbirlarining muntazam va samarali olib borilishi natijasida 1996 yildan buyon respublikamizda yovvoyi polioviruslar keltirib chiqaradigan poliomiyelit kasalligi tugatildi va Oʻzbekiston 2002 yilda “Poliomiyelitdan xoli hudud”, 2017 yilda esa “Qizamiq va qizilchaning 36 oylik eliminatsiyasiga erishgan hudud” nomli xalqaro sertifikatlarni olishga muvaffaq boʻldi”, - deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimi rahbari.