Video

Qarshidagi noyob “Vatanparvarlar bogʻi” Gʻalaba xotirasini oʻzida saqlab keladi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Maydoni 7 gektarni tashkil qiladigan mazkur bogʻda muzey va blindaj (dala istehkomi) qurilgan, Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan oʻzbekistonliklar xotirasi abadiylashtirilgan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri markazida “Vatanparvarlar bogʻi” joylashgan. U 2018 yilda qurilgan.
Maydoni 7 gektarni tashkil qiladigan mazkur bogʻda Ulugʻ Vatan urushi tasvirlangan muzey va blindaj (dala istehkomi) qurilgan, Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan oʻzbekistonliklar xotirasi abadiylashtirilgan. Muzeydagi eksponatlar orasida shevronlar, qurol-yarogʻ, askarlarning haqiqiy modellari, musiqa asboblari ham bor.
Blindajning tepasida ovoz kuchaytirgich yoki oʻsha paytda atalgan radiokarnay oʻrnatilgan. Radioda oʻtgan yillardagi mashhur harbiy qoʻshiqlar eshitiladi va afsonaviy sovet diktori Yuriy Levitanning radio xabarlari yozuvlari efirga uzatiladi.
Bogʻda Ikkinchi jahon urushi frontlarida qatnashgan oʻzbeklarga bagʻishlangan ekspozitsiya alohida oʻrin tutadi. Bu yerda siz oʻsha davrlarning haqiqiy harbiy texnikasini koʻrishingiz mumkin.
Bogʻ markazida Oʻzbekiston xaritasining ulkan maketi barpo etilgan. Unda xar bir hududning buyuk siymolari, qadimiy obidalari, serviqor togʻlari, bepoyon kengliklarigacha aks etgan
“Vatanparvalar” bogʻi 2018 yilda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ochilgan edi. Davlat rahbari ochilish marosimida soʻzga chiqib, Oʻzbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga qoʻshgan hissasini yoshlarga yetkazish, tinchlik-osoyishtaligimiz uchun katta xizmatlar qilgan vatandoshlari haqida soʻzlab berish zarurligini taʼkidlagan.
Yangiliklar lentasi
0