UzAuto Motors yangi komplektatsiyadagi Chevrolet Cobalt “Optima” ishlab chiqarishni boshladi

© Foto: UzAuto Motors Chevrolet Cobalt Optima
Chevrolet Cobalt Optima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2022
Obuna bo‘lish
Yangi modifikatsiyadagi avtomobil may oyidan boshlab sotuvga chiqariladi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi yangi komplektatsiyadagi Chevrolet Cobalt “Optima” avtomobilini ishlab chiqirishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, endilikda avtomat uzatmali Chevrolet Cobalt avtomobili quyma disk o‘rniga po‘lat disk bilan sotiladi.
Shuningdek, avtomobilning orqa oynasi qoraytirilgan, u kuchaytirilgan dvigatel va himoya karterini o‘z ichiga oladi.
“Po‘lat disklar notekis yo‘llarda avtomobilning yumshoq va muammosiz harakatlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, notekis yo‘llarda shikastlanishdan himoyalash, qulay xizmat ko‘rsatish va ma’lum bir sharoitlarda yoqilg‘i tejamkorligi bilan ahamiyatlidir”, - deyiladi xabarda.
Yangi modifikatsiyadagi avtomobil may oyidan boshlab rasmiy dillerlik markazlarida sotuvga chiqariladi.
Yangiliklar lentasi
0