Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Azovstal”dan tinch aholini evakuatsiya qilish yakunlandi – Rossiya Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Aleksey KudenkoEvakuatsiya grajdanskix lits s zavoda "Azovstal"
Evakuatsiya grajdanskix lits s zavoda Azovstal - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼkidlanishicha, "Azovstal”dan evakuatsiya qilingan kishilarning xavfsizligi taʼminlangan va ularga tibbiyo va ruhiy yordam koʻrsatilgan.
TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Mariupolda “Azovstal” zavodidan tinch aholini evakuatsiya qilish operatsiyasi yakunlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaani boshqarish milliy markazi boshligʻi general-polkovnik Mixail Mizintsev maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, 5 maydan buyon, operatsiya boshlangani eʼlon qilingan paytdan, 51 kishini, jumladan, 11 nafar bolani qutqarishga muvaffaq boʻlingan. 7 may kuni bir kishi qutqarilgan.

“Rossiya Federatsiya rahbariyati tomonidan qabul qilingan misli koʻrilmagan choralar tufayli, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi vakillarining faol ishtirokida bugun “Azovstal” metallurgiya kombinatidan tinch aholini evakuatsiya qilish gumanitar operatsiyasi yakunlandi”, - deyilgan xabarda.

Maʼlum qilinishicha, “Azovstal”dan evakuatsiya qilingan kishilarning xavfsizligi taʼminlangan va ularga tibbiyo va ruhiy yordam koʻrsatilgan. Shundan soʻng ular BMT va Qizil xoch vakillari hamrohligida vaqtincha joylashish joylariga ketishgan.

Eslatib oʻtamiz Rossiya Qurolli kuchlari va DXR mudofaa kuchlari Mariupol shahrini 7 mart kuni qurshab olishgan edi. 21 aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu shahar toʻliq ozod qilinganini eʼlon qildi, biroq “Azovstal” zavodida ukrainalik millatchi batalonining ikki mingdan ortiq jangarilari qolmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanoat zonasiga hujumni toʻxtatishni, ammo "hatto pashsha uchib chiqa olmaydigan darajada” toʻsib qoʻyishni buyurgan edi.

Mavzuga oid:

“Azov*” jangarilari tinch aholidan gumanitar koridorlar haqida xabarlarni sir tutgan
“Azov*” tinch aholini oziq-ovqatga almashtirishni taklif qilmoqda
Volodin “Azovstaldagi” ukrainalik jangarilarni terrorchilarga qiyosladi
Yangiliklar lentasi
0