Shahram G‘iyosov navbatdagi jangida g‘alaba qozondi va kamarga ega chiqdi – video

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoksor Shaxram Giyasov
Boksor Shaxram Giyasov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna bo‘lish
10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va yakunda o‘zbekistonlik bokschi raqibini taslim etdi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 7-maydan 8-mayga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahrida o‘zining professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Unga meksikalik Kristian Gomes raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va yakunda Shahram ochkolar evaziga (99-88, 99-88, 98-89) g‘alaba qozondi.
Qayd etish joizki, o‘zbekistonlik bokschi to‘rtinchi, yettinchi va o‘ninchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘yishga erishdi.
Bu g‘alaba bilan Shahram yarimo‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Bu g‘alaba Shahram G‘iyosovning professional faoliyatidagi 13-g‘alabasi bo‘ldi. G‘alabalarning to‘qqiztasi nokaut bilan qo‘lga kiritilgan.
Bokschi jang so‘ng bergan intervyusida u katta janglarga tayyorligi va buning uchun tinmay mashq qilishini aytdi.
"Aytganimdek, faqat olg‘a boraman. O‘zimni to‘liq ko‘rsatishni istayman. Men barcha kamarlarga ega chiqishni xohlayman. Bu mening asosiy maqsadim va orzuim", - dedi Shahram G‘iyosov.
Yangiliklar lentasi
0