Sport

Oksana Chusovitina Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorlanishni rejalashtirmoqda

© Foto iz lichnogo arxiva Oksanы ChusovitinoyOksana Chusovitina na Kubke mira po sportivnoy gimnastike v Katare
Oksana Chusovitina na Kubke mira po sportivnoy gimnastike v Katare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Chusovitina: Osiyo oʻyinlaridan soʻng Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanishga qaror qildim.
TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Oksana Chusovitina Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorlanishini maʼlum qildi.
Oʻtgan yil oktyabrida Chusovitina katta sportga qaytishini maʼlum qilgan edi. Oʻshanda sportchi 2022 yilgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishga qaror qilgan edi. Biroq Xitoyning Xanchjou shahrida 2022 yil sentyabr oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan XIX Osiyo va IV Paraosiyo oʻyinlari nomaʼlum muddatga qoldirildi.
Chusovitina Osiyo oʻyinlarining qoldirilishi rejalariga qanday taʼsir koʻrsatgani haqidagi savolga javob berdi.
“Bu haqida yaxshilab oʻylab koʻrdim va Osiyo oʻyinlaridan soʻng Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanishga qaror qildim”, - deydi Oksana Chusovitina.
Ayni kunlarda sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etgan afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida gʻalaba qozonib, ushbu yoʻnalishda tengi yoʻq ekanini isbotladi.
Maʼlumot uchun, Oksana Chusovitina 8 marta Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnessning rekordlari” kitobiga kiritilgan. Agar u Parij-2024 Olimpiadasida ham ishtirok etadigan boʻlsa, oʻz rekordini yaqin davr ichida hech kim yaqinlasha olmaydigan qilib yangilaydi. Oʻshanda u 49 yoshida bu ishni amalga oshirgan boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0