TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Rossiya Ukrainadagi vaziyatni tinchlik yoʻli bilan hal qilishni istardi, biroq unga bu imkoniyatni berishmadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin halok boʻlgan DXR “Sparta” bataloni komandiri Vladimir Joganing otasi Artyom Joga bilan uchrashuvda maʼlum qildi.“Agar bu muammoni hal etishning boshqa, tinchlik yoʻllari bilan hal etishning hech boʻlmaganda bitta imkoniyati boʻlganida edi, biz, albatta, bu imkoniyatdan foydalangan boʻlardik. Biroq bizga bu imkoniyatni qoldirishmadi, shunchaki berishmadi”, - dedi Rossiya rahbari.“Moʻljallangan barcha rejalar bajarilmoqda, natijaga erishiladi. Bu borada hech qanday shubha yoʻq”, - deya qoʻshimcha qildi Putin.
Putin: Rossiyaga Donbass muammosini tinchlik yoʻllari bilan hal qilishga biror ham imkoniyat berishmadi.
TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Rossiya Ukrainadagi vaziyatni tinchlik yoʻli bilan hal qilishni istardi, biroq unga bu imkoniyatni berishmadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin halok boʻlgan DXR “Sparta” bataloni komandiri Vladimir Joganing otasi Artyom Joga bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
“Agar bu muammoni hal etishning boshqa, tinchlik yoʻllari bilan hal etishning hech boʻlmaganda bitta imkoniyati boʻlganida edi, biz, albatta, bu imkoniyatdan foydalangan boʻlardik. Biroq bizga bu imkoniyatni qoldirishmadi, shunchaki berishmadi”, - dedi Rossiya rahbari.
“Moʻljallangan barcha rejalar bajarilmoqda, natijaga erishiladi. Bu borada hech qanday shubha yoʻq”, - deya qoʻshimcha qildi Putin.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq boʻldi.