Dunyo ulkan o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda – Norov

© Press-slujba MID UzbekistanaVladimir Norov i Tanzila Narbayeva na tashkentskom forume narodnoy diplomatii ShOS
Vladimir Norov i Tanzila Narbayeva na tashkentskom forume narodnoy diplomatii ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat so‘nggi vaqtlarda mintaqa davlatlari bilan ishonchli munosabatlar va ochiq muloqotni mustahkamlagan.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Bugun dunyo ulkan o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda, jadal rivojlanish va global yangilanishlar davriga qadam qo‘ymoqda. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Toshkentdagi Xalq diplomatiyasi forumi davomida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Norovning so‘zlariga ko‘ra, bunday sharoitda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) “Shanxay ruhi”ning o‘ziga xos tamoyillariga tayangan holda xalqaro huquq, ko‘p tomonlama va ajralmas xavfsizlikka asoslangan ko‘p markazli dunyo tartibini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
U shu bilan birga, a’zo davlatlar Markaziy Osiyoning tashkilot makonining faravonligi va rivojlanishidagi muhim o‘rnini e’tirof etishini ta’kidladi.
O‘zbekiston so‘nggi vaqtlarda mintaqa davlatlari bilan ishonchli munosabatlar va ochiq muloqotni mustahkamlagan. Dolzarb ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarning aksariyat qismini ishonch va o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda hal etish bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishilgan.
“ShHT tamaddunlar o‘rtasidagi muloqotni faol va izchil rivojlantirishga ko‘maklashadi, turli madaniyat va an’analarga ega xalqlar o‘rtasida ko‘priklar barpo etadi”, - dedi vazir.
TIV rahbari ShHT makonida xalq diplomatiyasini rivojlantirish uchun mamlakatlarimiz yosh avlodining ulkan salohiyatidan foydalanish zarurligini qayd etdi.
ShHT makonida 800 milliondan ortiq yoshlar istiqomat qiladi, bu dunyo yoshlarining deyarli yarmi bo‘lib, ularga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun to‘g‘ri yo‘nalish va shart-sharoit berilishi zarur.
Buning uchun ShHTda Yoshlar kengashi, ShHT universiteti, ShHT modeli, Ishbilarmonlik kengashi, “SCOLAR Network” yoshlar platformasi va boshqalarni o‘z ichiga olgan keng jamoatchilik mexanizmlari tizimi mavjud.
“Bugungi Forum natijalari, uning doirasida yuzaga kelgan g‘oya va loyihalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqinlashuv yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ladi. O‘zbekiston ashkilot makonida xalq diplomatiyasining maqsad va vazifalarini ilgari surishda davom etadi”, - deya xulosa qildi Norov.
Toshkentda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligi doirasida “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot uchun o‘zaro anglashuv” mavzusida ShHT Xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum 11-12 may kunlari davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0