Jamiyat

“YE-Antikorruptsiya” loyihasi ishga tushiriladi: u haqda nimalarni bilish zarur

© Sputnik / Zafar XalilovSum
Sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Loyiha davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlaydi va baholaydi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Oʻzbekistonda 2022 yil 1 sentyabrdan "YE-Antikorruptsiya" loyihasi toʻliq ishga tushiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni tegishli qarorga imzo chekdi.
Loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi.
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
“Korruptsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri”ni shakllantirish va yuritish;
korruptsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funktsiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish orqali bartaraf etish.
Loyiha “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2023 yil 1 yanvargacha davlat boshqaruvi organlarida quyidagi talablar asosida kadrlar bilan ishlash yoʻnalishidagi avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi:
- vakant lavozimlarni eʼlon qilishdan tortib, tanlov oʻtkazish va ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha boʻlgan jarayonlarni toʻliq elektron tarzda amalga oshirish;
- tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni toʻplash va unga ishlov berish;
- kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilish va yuritish;
- xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va ularni masofaviy oʻqitish;
- kadrlar boʻyicha maʼlumotlarning elektron arxivini yuritish.
Yangiliklar lentasi
0